Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Shahram Ahadov bilan yangi vazndagi ishtirok, eng qiyin bahs, «O‘rgimchak odam» haqida suhbat

Shahram Ahadov bilan yangi vazndagi ishtirok, eng qiyin bahs, «O‘rgimchak odam» haqida suhbat

Baho:
+ | -

Ortda qolgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining qahramonlaridan biri Shahram Ahadov bo‘ldi. U -73 kg vazn toifasida debyut musobaqasida ishtirok etishiga qaramasdan Hikmatilloh To‘rayev, Murodjon Yo‘ldoshev kabi kuchli sportchilarni mag‘lub etishni uddaladi. E’tiboringizga ushbu dzyudochimiz bilan suhbatni havola qilamiz:

– Yangi vazndagi ilk ishtirokingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
– Albatta, to‘ldi. Avval 10 kgdan ortiq vazn tashlab kurashar edim. Endi bunchalik qiynalib salomatligimga zarar yetkazmasdan 73 kg toifasida ishtirok etmoqdaman. Mamlakat chempionligi oldimga qo‘ygan maqsadlarim yo‘lida dastlabki qadam bo‘ldi. Yangi yilda katta musobaqalar kutib turibdi. Bunga yarasha oldinda ulkan rejalarim bor. Qolaversa, jarohatim sabab 1 yildan ortiq kurasha olmagan edim. Bu vaqtda men yanada kuchli bo‘lib qaytdim.

– Chempionatdagi eng qiyin bahs qaysi bosqichda bo‘ldi?
– Juda qiynalganim yarim finaldagi O‘rol Sodiqov bilan o‘tgan bellashuv bo‘ldi. Boisi chorak finalda Hikmatilloh To‘rayevni qo‘shimcha daqiqadagi qiyin bahsda mag‘lub etganimdan so‘ng qisqa vaqt ichida yana tatamiga chiqishga to‘g‘ri keldi va bu bahs taqdiri ham qo‘shimcha daqiqada hal bo‘ldi. Orada dam olishga deyarli imkon bo‘lmagani uchun yarim finalda qiynaldim.

– Tatamiga chiqib kelishingizni «O‘rgimchak odam» filmidagi bosh qahramonga qiyoslovchi suratlar chiqib ketdi. Bunga qanday fikrdasiz?
– Bu surat menga ham yoqdi. Istashsa, shunday chaqirishsin. Bundan xafa bo‘lmayman.



– Yangi vazndagi chet ellik raqiblaringiz qanchalik o‘rganilgan?
– Ular bilan -66 kgda ishtirok etganimda yig‘inlar payti kurashib ko‘rar edim. Kim qanday usullarni qo‘llashini bilaman. Qolaversa, endi murabbiylarim bilan ularning bahslarini videolarda tahlil qilib, nazariy yo‘nalishda ham ishlaymiz. G‘alabani Alloh beradi. Biz miyani joyiga qo‘yib, raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar bahsga ham ruhan, ham jismonan tayyorlanishimiz kerak.

– Siz asosan tik holatdagi kurashda yaxshi harakat qilasiz. Parter bo‘yicha kim bilan ishlayapsiz yoki bu yo‘nalishni yoqtirmaysizmi?
– To‘g‘ri, tik holatda kurashishni yaxshi ko‘raman. Biroq imkoni bo‘lsa, parterda ham ishlab turaman. Tik holatda kurashishda raqibni chiroyli usullarga tushirish, undagi shiddat menga ko‘proq yoqadi.

Fursatdan foydalanib, biz ham dzyudochimizning kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:40, 26.12.2021.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик