Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (1-qism)

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (1-qism)

Baho:
+ | -

Futbol tarixi ko‘plab daholarni kashf etgan. Kimnidir "futbol afsungari", yoki “fenomen", balki “o‘zga sayyoralik”, nari borsa “terminator” deymiz. Lekin shunday bir futbolchi bor ediki, unga ta’riflar yo‘q. So‘zsiz futbol afsonasi Zinedin Zidanning o‘yinidan bahra olib to‘ymagan futbol ishqibozi bo‘lmasa kerak. Uning futboldan ketishi ham o‘ziga xos edi. Bugun stadion.uz fransuzning so‘nggi mavsumilari haqida eslab o‘tadi. Uning futbol olami bor va bu juda ham qiziqarli voqealarga boy bo‘lgan.

 2006 yil 26 aprelda Zinedin Zidan Valdebebasdagi mashg‘ulotdan so‘ng matbuot anjumaniga jo‘nab ketdi, u yerda Zidan nafaqaga chiqqanini e’lon qilib, butun dunyoni larzaga keltirdi. U har doimgidek, zerikarli jurnalistlarning provokasion savollariga berilmay, o‘zini vazmin tarzda tutdi. Oldinda 4ta o‘yin bor edi. O‘sha payt hamada bir savol bor edi. 4 ta o‘yindan so‘ng Zidan rostan faoliyatini yakunlarmikin? Yo‘q, Zizuning Germaniyada yana bir qancha ishlari bor edi. U hech narsa oddiy bo‘lmasligini va jahon chempionatida faoliyatini yakunlash uning barcha yutuqlari ramzi ekanligini bilar edi. U birinchi marta Berlindagi mashhur voqealardan 3 oy oldin Madrid mehmonxonalaridan birida futbol bilan xayrlashish g‘oyasi haqida gapirgan. Zidan allaqachon 34 yoshda edi, doimiy bel og‘rig‘i fransuzni qiynardi va u bor kuchini maydonda ishlata olmas edi. "Yoki maksimal darajada o‘ynaysan, yoki sen umuman o‘ynamaysan”- bu ishonch bilan u o‘zining barcha 18 yillik faoliyatini o‘tkazgan.

 7 may kuni chempionlik uchun barcha imkoniyatlarini boy bergan "Real Madrid" mavsumdagi so‘nggi uy o‘yinini "Vilyarreal"ga qarshi o‘tkazdi va Zidan Madrid bilan xayrlashdi. O‘sha kuni u juda asabiy edi, chunki uning asosiy muxlislari - oilasi gavjum Bernabeuda edi. Hamma keldi: ota-onalar, aka-ukalar, bolalar, xotin qarindoshlari bilan, aytgancha ular qahramonimizning so‘nggi o‘yiniga kech qolib kelgandi. Uydan chiqishdan oldin, hech kim o‘yin chiptasini topa olmagan, ulardan biri chipta old eshik yonida konvertda ekanligini payqadi va Veron (Zidanning rafiqasi) bugun axlat qutisiga konvert tashlaganini esladi, mashinadan tushib qayta o‘sha quti tomon yugurdi. Hayriyatki, hamma narsa muvaffaqiyatli hal qilindi va butun oila stadionga yetib keldi.

O‘yinga start beruvchi hushtak chalinguncha “Santyago Bernabeu”da kichik tomosha bo‘lib o‘tdi. Stadion 5 raqamli yaltiroq karton qutilar bilan oppoq yarqirab turardi, hamma joyda “Gracias Zizou, Gracias” so‘zlari yangrardi, asosiy muxlislar stendida esa voqea qahramoni tasviri tushirilgan ulkan plakat hilpirab turardi. U ulkan "Galaktikos" yulduz turkumidan bor-yo‘g‘i bitta yulduz edi, muxlislar uni hammadan ko‘ra ko‘proq yoqtirishgan. Uchrashuv chiroyli 3:3 hisobida yakunlandi va fransuz 66 daqiqada Bekxemning uzatmasini so‘ng, gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Final hushtagi yangraganidan keyin hamma yig‘ladi: Zizu, uning oilasi, muxlislari. Bu shahar va stadion qandaydir mavhum sehrni yo‘qotdi, buyuk Zidan esa katta futbol oilasidan ayrildi. Zidanning qirollik klubi uchun ahamiyatini to‘liq tushunish uchun braziliyalik lateral Sisinyoning so‘zlarini eslab o‘tish joiz: "Real Madrid" bilan xayrlashuv o‘yinida Zidan juda ta’sirlandi. Biz ham, chunki bu o‘z faoliyatini yakunlagan afsonaviy futbolchi. Shundan so‘ng Florentino Peres kiyinish xonasiga kirib, har bir futbolchi bilan alohida salomlashdi. Keyinchalik sodir bo‘lgan voqea unutilmas edi. O‘sha paytda "Real Madrid"dagi eng yuqori maosh 6,5 million yevro edi. Shunda Robinyo hazillashib: “Prezident, Zizu unga 6,5 million maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilsangiz, u faoliyatini davom ettirishini aytdi”. Hamma kulib yubordi, lekin Florentino jiddiy gapirdi va javob berdi: "Agar Zinedin xohlasa, shartnomani olib kelaman". Hamma Zidanga yuzlandi. U bir lahza o‘ylanib turdi-da, Peresga qaradi va shunday dedi: “Yo‘q, yo‘q... Men boshqa futbol o‘ynay olmayman”.  Don Flo hech kimga bunday sovg‘alarni taklif qilmagan, biror bir yulduzga ham. Raul, Guti, Kasilyas, Ramos, Ronaldu, hammasi bir xil yoshda ketishdi. Ammo Peres hech kimga Zidanga qilgan hurmatini ko‘rsatmagan.

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:30, 27.12.2021.
O'qildi: 3194 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.