Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (4-qism)

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (4-qism)

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining pley-offdagi jasorati

1/8 finalda “Le Bleu” ispanlar bilan to‘qnash keldi. Guruh bosqichida “qizil furiya” 3 o‘yinda ham g‘alaba qozongan va frasuzlarga qarshi yaqqol favoritga o‘xshardi. Aynan o‘sha mundialda keyingi 6 yil davomida ustunlik qiladigan uslub va jamoa paydo bo‘la boshlagandi. Ispanlar to‘pga ko‘proq egalik qilishdi, biroq fransuzlar o‘tkir qarshi hujumlar bilan yaxshi javob qaytarishdi, ular tezkor qanotlar va Anri hisobiga qarshi hujumlar uyushtirardi. Ammo 28 daqiqadayoq ular penaltidan gol o‘tkazib yuborishdi, Tyuram o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘pol o‘ynab, Pabloni yiqitdi, Vilya esa Bartezga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo‘lim oxirida fransiyalik futbolchi yana qarshi hujumga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, Viyeyra mohirona uzatma bilan raqib himoyasini olib tashladi, Riberi esa Kasilyasdan ustun kelib, to‘pni bo‘sh darvozaga joyladi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin shiddatli tus oldi, ispanlar pressingda davom etishdi, ammo fransuzlar aniq himoya chizig‘ini qurishdi va “qizil furiya” hujumlarini to‘xtatib qolishdi. Ikkinchi bo‘lim yakunida Viyera gol kiritib fransuzlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ispaniya o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng jamoa bo‘lib hujumga o‘tishda va o‘yin so‘nggida Zidanning goli ularni jazoladi 1:3! Fransiya ajoyib g‘alaba erishdi.

Chorak final: Braziliya – Fransiya. Bu nom va o‘yin sifati jihatidan eng shov-shovli bahs bo‘ldi. Kafu, Roberto Karlos, Kaka, Ronaldino va Ronaldo. Bunday nomlargalarga qarshi,  Zidan Tyuram Viyeyra va Anri bor edi. Raqibni birin-ketin mag‘lub etgan braziliyaliklar va turnir davomida jur’at topib olgan fransuzlar albatta bunday o‘yinlar futbolning bezagi edi. "Le Bleu" yaxshi o‘ynadi va raqibga hech narsa qoldirmadi. Ehtimol, Fransiya o‘sha vaqtdagi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi. Lekin bu o‘yin, birinchi navbatda, futbol tarixidagi eng yaxshi yakkaxon chiqishlardan biri bo‘lganligi bilan ajralib turishi kerak. O‘sha iliq iyul oqshomidagi to‘pning sehrgarlari umuman braziliyaliklar emas, Zidan edi. Dastlabki daqiqalardayoq maydon markazida fransiyalik uch nafar raqibini nafis fintlar bilan dog‘da qoldirda va shu orqali bugun uning kuni ekanligini yaqqol ko‘rsatdi. Har bir harakat, har bir teginish shu qadar yengil va oson ediki, ba’zida bu uning faoliyatidagi eng muhim o‘yinlardan biri emas, balki Zidan yosh farzandlari bilan hovlida to‘p tepayotgandek ko‘rinar edi.

 Ikkinchi bo‘lim boshida Zizu jarima zarbasidan ajoyib uzatmani amalga oshirdi, bu erda Anri shunchaki oyog‘ini to‘pga tekkazishi  kerak edi, bu gol uchrashuvdagi yagona gol bo‘ldi va Zidan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. U o‘sha Jahon chempionatida braziliyaliklarning yuzidagi tabassumni olib tashlashga muvaffaq bo‘lgan yagona shaxs edi.

 

 Yarim finalda Fransiya Portugaliya bilan o‘ynadi. O‘sha paytda portugallar murabbiyi Skolari edi va uning jamoasi 1975 yildan beri "Le Bleu" ustidan g‘alaba qozona olmayotgan edi, jamoaning so‘nggi rasmiy o‘yini Yevroda 6 yil oldin bo‘lib o‘tgan, u yerda fransuzlar Zidanning penaltidan kiritgan "oltin" goli evaziga g‘alabani tortib olishgan va finalga qadar etib kelishgan. Portugaliyaliklar birinchi 30 daqiqalikda yaxshiroq o‘ynadi va ustunlik qildi, vaqti-vaqti bilan Bartezning darvozasiga tahdid soldi, ammo 31 daqiqada Anri penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi, Zidan esa raqib darvozasiga kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Uchrashuv ancha zerikarli o‘tdi, fransuzlar yopiq o‘ynashdi, Portugaliya esa vaziyat yaratishda qiynaldi, yosh Krishtianu jarima maydonchasi ichida penalti so‘rab qayta-qayta yiqildi, Figu esa noaniq zarbalar yo‘llardi. Tarix takrorlandi, Fransiya 2000 yildagidek yana aniq penalti evaziga g‘alaba qozondi.

Davomi bor.

Kiritildi: 07:00, 27.12.2021.
O'qildi: 2993 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик