Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Voleybol: «Challenge cup-2021» musobaqasida ayollarimiz peshqadamlik qilmoqda

Voleybol: «Challenge cup-2021» musobaqasida ayollarimiz peshqadamlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Bangladeshda Osiyo voleybol konfederasiyasi Markaziy zonasiga a’zo davlatlarning erkaklar va ayollar terma jamoalari o‘rtasida «Challenge cup-2021» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etgan Bangladesh voleybol federasiyasi prezidenti va Dakka North City korporasiyasi meri janob Muhammad Atiqul Islom barcha ishtirokchi jamoalar va rasmiylarni samimiy qutlab, bahslarni ochib berdi.

Shuningdek, ochilish marosimida Markaziy Osiyo voleybol assosiasiyasi (CAVA) prezidenti janob Muhammad Latif barcha jamoalarni iliq kutib olgani va musobaqani Bangladeshda qabul qilayo‘tgani uchun mezbonlarga minnatdorlik bildirib, Bangladesh hukumatining mamlakatda voleybol sport turini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi.

Bevosita musobaqaga kelsak, uni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ko‘tarinki ruhda boshladi. Ular ilk uchrashuvda Maldiv orollari ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Keyingi ikkita o‘yinda ham g‘alaba nashidasini surgan qizlarimiz ketma-ket uchta g‘alaba bilan 9 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilishmoqda. Nepal esa 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. E’tiborlisi, ular ham 3ta g‘alabaga erishgan. Faqat bitta o‘yin tay-brekka qadar cho‘zilgani bizning foydamizga ishlamoqda.

Shri-Lanka ikkita g‘alaba va bitta mag‘lubiyatdan keyin 7 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Qirg‘iziston bir g‘alaba va ikki mag‘lubiyatdan keyin 3 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasida Bangladesh va Shri-Lanka 6tadan ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Nepal va O‘zbekiston hisobida bittadan g‘alaba va ikkitadan mag‘lubiyat mavjud va ular 3 ochkodan jamg‘arishgan.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 09:28, 27.12.2021.
O'qildi: 1370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик