Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Davron Hoshimov: «Jamoam mag‘lubiyatini hazm qilolmayman»

Davron Hoshimov: «Jamoam mag‘lubiyatini hazm qilolmayman»

Baho:
+ | -

Yaqinda Namanganning «Navbahor» jamoasi 29 yoshli himoyachi Davron Hoshimov bilan shartnomani uzaytirdi. Shu munosabat bilan ushbu futbolchidan intervyu olib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir nechta savollar bilan murojaat qildik. Tabiiyki, dastlabki savol uning «Navbahor»dagi yangi kelishuvi bilan bog‘liq bo‘ldi.

- Yangi mavsumda «Navbahor» o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan, - deya gap boshladi futbolchi. - Buni amalga oshirish uchun klub rahbariyati, murabbiylar shtabi astoydil bel bog‘lagan. Samvel Babayan bilan ko‘p yillar davomida «Paxtakor», shuningdek, biroz muddat «Lokomotiv»da birga faoliyat yuritganman va uning qanday salohiyatga egaligini yaxshi bilaman. Shu bois, boshqa klublardan yaxshi takliflar bo‘lganligiga qaramay, kelasi mavsumda «Navbahor»ning Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga yordam berish maqsadida, klub bilan shartnomam muddatini uzaytirishga qaror qildim.

- O‘tgan mavsum jamoa 6-o‘rinni egalladi va tabiiyki, ushbu natija qoniqarli bo‘lmadi. Sizningcha, «lochinlar»ning sovrindorlar safidan joy olishi uchun nima yetishmadi?

- Albatta, «Navbahor» singari jamoaga 6-o‘rin yarashmaydi. Biroq buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Jumladan, ilk turdan keyinoq bosh murabbiyning almashishi, 1-davradagi ayrim o‘yinlarda omadimizning kelmaganligi va hokazo. O‘zingizga ma’lum, futbolda yangi murabbiyning taktikasiga moslashish uchun biroz vaqt talab etiladi. Ikkinchi davra bahslarida «Navbahor» o‘zining nimalarga qodirligini namoyish etib, peshqadamlarga ham munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq 1-davra o‘yinlarida ko‘p ochko yo‘qotganimiz yakunda pand berdi.

- Siz uchun «Navbahor»ning o‘tgan mavsumdagi eng yorqin va eng alamli o‘yinlari qaysi bo‘ldi?

- O‘tgan mavsum yorqin o‘yinlar ko‘p bo‘ldi, ulardan birortasini alohida ajratib ko‘rsatolmayman. Lekin eng alamli bahslar sifatida «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan o‘yinlarni keltirishim mumkin. Jizzaxliklar bilan bo‘lgan har ikki uchrashuvda ham 0:1 hisobida alamli tarzda yutqazgandik.

- Maydon va uning tash­qarisida qaysi jamoadoshingiz bilan yaxshi chiqishasiz? «Navbahor»dagi do‘stingiz kim?

- «Navbahor»dagi barcha futbolchilar bir-biri bilan ahil-inoq, do‘st. Klub qarorgohida bir xonada istiqomat qilishimiz, shuningdek, ampluadoshim bo‘lganligi bois, ko‘proq Mirzohid G‘ofurov bilan yaxshi chiqishaman, ko‘p masalalar bo‘yicha maslahatlashib turaman. Shuningdek, darvozabon O‘tkir Yusupov, bolalikdan birga katta bo‘lganligimiz bois, jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov bilan ham yaxshi munosabatdaman.

- Futbolga qay tarzda kirib kelgansiz? Futbolchi bo‘lishingizga kim sababchi bo‘lgan?

- Futbolga bolalikdan qiziqqanman. Shu bois, mendagi qiziqishni payqagan dadam 5-sinfda tahsil olayotganimda, Yangiyerdagi BO‘SMga olib borganlar. Futbolchi bo‘lishimga aynan otam sababchi bo‘lganlar. Shu tariqa, futboldagi ilk qadamlarim boshlangan.

- Oilangizda sizdan bosh­qa futbolchi yoki sportchi bormi?

- Oilada ikki nafar o‘g‘ilmiz. Doniyor ismli ukam bor. U ham futbolni tanlab, Bekobodning «Metallurg» tarkibida biroz muddat o‘ynagandi. Ammo keyinchalik jarohatlar bezovta qilganligi bois, ayni paytda boshqa soha bilan shug‘ullanyapti.

- Vaqti kelib, o‘g‘lingiz futbolchi bo‘laman, desa, uni qo‘llab-quvvatlaysizmi yoki boshqa kasbni tanlashini maslahat berasizmi?

- Albatta, farzandim futbolchi bo‘laman, desa, uni qo‘llab-quvvatlab, qo‘limdan kelganicha maslahat beraman. Har qanday ota o‘g‘lining futbolchi bo‘lishidan quvonsa kerak.

- Mabodo, futbolchi bo‘lmaganingizda, qaysi kasb-ni tanlagan bo‘lardingiz?

- To‘g‘risi, bu haqda o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Ta’kidlaganimdek, 11 yoshimdan futbol bilan shug‘ullanib, o‘z oldimga futbolchi bo‘laman, degan maqsadni qo‘ygandim va Xudoga shukr, niyatimga erishdim. Futbolchi ekanligimdan faxrlanaman.

- Jamoangiz alamli tarzda mag‘lubiyatga uchraganida, hech maydonda yig‘laganmisiz?

- Albatta, har futbolchi uchun mag‘lubiyat ancha alamli holat. Oshkora bo‘lmasada, qayerda o‘ynamay, jamoam mag‘lubiyatga uchrasa (shu jumladan, «Navbahor» va termada ham), ichimdan yig‘layman. Boshqalarni bilmadim-ku, lekin menda har bir mag‘lubiyatdan so‘ng juda kuchli og‘riq yuz beradi, 2-3 kun davomida o‘zimni yomon his qilaman. Bir so‘z bilan aytganda, jamoamizning mag‘lubiyatga uchrashini hazm qilolmayman. Umid qilamanki, yangi mavsumda «Navbahor»ning g‘alabali onlari ko‘p bo‘ladi.

- Milliy termamizning yangi ustozi Srechko Katanes sizni bosh jamoamizning nobr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqirdi va Gruziya termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik bahsida boshlan-g‘ich tarkibda maydonga tushdingiz. Termamizdagi mashg‘ulotlar jarayoni hamda o‘sha o‘yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

- Umuman olganda, klub bilan terma jamoa mashg‘ulotlarida katta farq bor. Termaga yurtimizning eng kuchli futbolchilari jalb etilishadi. Gruziyaliklar bilan tengma-teng o‘ynab, munosib qarshilik ko‘rsata oldik. Faqatgina darvozamizdan o‘tkazib yuborilgan to‘p pand berib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdik. Qisqasi, terma jamoamizning noyabrdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan katta taassurotlar qoldi. Bosh jamoamizga aynan «Navbahor»dagi yorqin o‘yinlarim sababli chaqirildim. 2018 yili ham aynan «lochinlar» safida o‘ynab, termaga jalb etilgandim. Shu bois, fursatdan foydalanib, «Navbahor» klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoadoshlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Xudo xohlasa, kelasi mavsumda ham «Navbahor» sharafini munosib himoya qilib, terma jamoa tarkibidan o‘rin olaman, degan umiddaman.

- «Navbahor» muxlislariga tilaklaringiz...

- Kirib kelayotgan 2022 yil barcha hamyurtlarimiz, shu jumladan, «Navbahor» muxlislariga ham omadli va barokatli kelsin, ilohim! Jamoamiz muxlislariga tilagim, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashdan charchashmasin. Biz - futbolchilar esa ularning orzularini ro‘yobga chiqarib, yangi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

MA’LUMOT UCHUN

 

DAVRON HOSHIMOV

1992 yil 24 noyabrda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. Futbol bilan 11 yoshidan shug‘ullana boshlagan.

Birinchi murabbiyi: To‘rabek Egamberdiyev.

Yangiyerdagi BO‘SM, «Paxtakor» futbol maktabida tahsil olgan.

Ampluasi: himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: «Paxtakor» (Toshkent, 2011-2017 yillar), «Navbahor» (Namangan, 2018 yil - 2019 yilning 1-davrasi), «Lokomotiv» (Toshkent, 2019 yilning 2-davrasi - 2020 yilning 1-davrasi). 2020 yilning 2-davrasidan yana «Navbahor»da.

Oilali. Bir qiz va bir o‘g‘ilning otasi.

Muxlislik qiladigan jamoasi: «Real» (Madrid).

Yoqtirgan futbolchisi: Dani Karvaxal.

Ulug‘bek UMAROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:32, 27.12.2021.
O'qildi: 2243 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.