Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Angliya terma jamoasi himoyasi uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi

Angliya terma jamoasi himoyasi uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank o‘z jamoasi futbolchisini terma jamoaga chaqirilishi kerak deb hisoblaydi. U qanot himoyachisi Riko Genri haqida shunday deydi:

"Menimcha, Riko Angliya terma jamoasi uchun juda ham mos futbolchi. Men terma jamoadagi mutasaddilar uning borligidan ogoh bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Riko bir necha o‘yinlardan beri hayratlanarli barqarorlik ko‘rsatmoqda. U shunday o‘sishni davom etsa, Angliya terma jamoasida o‘z imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki qanot himoyachilari doim ham topilavermaydi. Men uning birga-bir holatlardagi harakatlariga qoyil qolaman. Rikoning kelajagi porloq".

"Brentford" kecha "Brayton" bilan bahsda 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:03, 27.12.2021.
O'qildi: 1717 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.