Kirish Ro'yxatdan o'tish

Harbiy dzyudochilarimiz taqdirlanishdi

Harbiy dzyudochilarimiz taqdirlanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yaqinda Fransiyada harbiylar o‘rtasidagi 40-Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan va yakunda 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi. Erkaklar terma jamoamiz esa jamoaviy bahslarda bronza medaliga ega chiqqandi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda mamlakat dzyudo federasiyasi rahbariyati tarixiy natija qayd etgan dzyudochilarimizni taqdirladi. Marosimda MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining va O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisining o‘rinbosari Alisher Narbayev ishtirok etdi.

Mutasaddilar harbiy dzyudochilarimizni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab, ularning kelgusi faoliyatida omad tilashdi va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

 

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:29, 27.12.2021.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.