Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Jinoyatchilik urchigan mavzedan chiqqan yulduz – Kilian Mbappe

Jinoyatchilik urchigan mavzedan chiqqan yulduz – Kilian Mbappe

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe – nafaqat kelajak, balki bugunning eng kuchli futbolchilaridan beri. Uni 5-6 yildan beri bilamiz-u, lekin hali ham nomi tilga olinganda “yosh futbolchi” yoki “kelajak super yulduzi” kabi iboralarga ko‘zimiz tushadi. Aslida Mbappe allaqachon voqeyligimizning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylanib ulgurgan, 19 yoshida jahon chempioni bo‘lgan bir to‘laqonli shaxs hisoblanadi. Lekin, qachonlardir... qachonlardir emish, kechagina bu shaxs Fransiya poytaxtining jinoyatchilik va zo‘ravonlik urchigan bir hududi – Bondi ko‘chalarida to‘p tepib yurgan oddiy bolakay edi.
 
Quyida biz jinoyatchilar uyasida Mbappening qanday qilb futbolchi bo‘lib tarbiyalangani, uning asli afrikalik bo‘lgan sportchi ota-onasi, futbolchi bo‘lmaganda musiqachi bo‘lishi mumkinligi, o‘smir chog‘i “Chelsi” va “Real”ning uni rad etishi-yu, bugungi kunga kelib qancha pul topib, garajida qanday mashinalarni saqlashi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Demak – ketdik!

1998 yil dekabr, Fransiya. Parij atrofidagi Bondi mavzesi o‘zining betartibliklar markazi, qonunga bo‘ysunmas muhojirlar makoni ekani bilan shuhrat qozongandi. “13-hudud” filmini ko‘rgan bo‘lsangiz gap nima haqida borayotganini tushunib yetishingiz oson bo‘ladi. Fransiya terma jamoa 1998-yil yozida mundialda chempion bo‘lganida hamma qatori bondiliklar ham bayram qilishgan. Vilfrid va Fayza ham yozda juda quvonishgan, Fransiya chempion bo‘lganidan ham ko‘ra, oilada yangi mehmon dunyoga kelishi haqidagi xabarini bilishganidan ko‘proq quvonishgan.

Kilianning otasi Vilfrid asli kamerunlik bo‘lib, uning tomirida Nigeriya hududidagi tub qabilalarning ham qoni oqardi. Uning ajdodlari ham Fransiyaga ko‘pchilik qatori yaxshi hayotni ko‘zlab yetib kelgandi. O‘zi esa mahalliy ligalalarda to‘p tepardi. Keyinchalik futbolni o‘zining asosiy kasbiga aylantirgan Vilfrid murabbiylik bilan ham shug‘ullana boshladi. Kilian Mbappening birinchi ustozi otasi bo‘ladi. Onasi Fayza Lamari esa asli marokashlik gandbolchi edi. Bir so‘z bilan aytganda bu jinoyatchilik urchigan mavzeda istiqomat qiluvchi namunaviy sportchilar oilasi edi.
 
Fransiya jahon chempioni bo‘lganidan so‘ng 6 oy o‘tib dunyoga kelgan Kilian va oiladagi boshqa bolalarning atrofdagi muhitdan salbiy ta’sirlanib qolmasligini o‘ylab ota-onasi ularni doim biror mushg‘ulot bilan band qilib qo‘yardi. Ayniqsa 2005 yil komunnada yuz bergan betartibliklar natijasida binolar va avtomashinalar yonib ketgan, ko‘chada to‘liq xaos yuzaga kelgandi. Boshqa joyga ko‘chib o‘tishga imkoni bo‘lmagan Vilfrid va Fayza Kilianni futbol va san’at jumladan, musiqaga qiziqtirdi. Mahalliy jamoa maktabiga qatnab yurgan Mbappe ayni vaqtda 11 yoshigacha konservatoriya qoshidagi musiqa maktabiga ham borardi. “AS Bondi” klubida otasidan saboqlarni olar ekan u tengdoshlari orasida darhol ajralib qoldi. Mbappe to‘pni egallab olgach qaytib hech kimga berishni istamasdi. Tezlik va dribling o‘sha vaqtidayoq uning ustun jihatlari edi. O‘z mashg‘ulotlari tugasa ham otasi bilan kechgacha mashqlarda ishtirok etgan Kilian tez orada “Bondi” jamoasi turli sovrinlarni olib kela boshladi. O‘zi esa tongda futbol bilan uyg‘onib, tunda futbol bilan uyqiga ketardi.

Ota-onasi bolani futbolga yanada qiziqtirish uchun yangi hobbilar o‘ylab topishardi. Bunday ishlardan biri yulduz futbolchilar bilan Mbappeni tanishtirish, aniqrog‘i suratga tushirish harakati edi. Ya’ni Kilianga ma’lum vazifalar berilar, ularni bajarsa otasi ilojini qilib biror yulduz futbolchining oldiga borib o‘g‘li bilan suratga tushishni iltimos qilardi. Tyeri Anri, Zinedin Zidan va Krishtianu Ronaldu kabi super yulduzlar Mbappe bilan suratga tushganlarida yonlarida turgan bolakay kelajakda ular o‘rnatgan rekordlarni yangilishini o‘ylashmagani aniq. Ular uchun bu millionlab muxlislardan biri bo‘lgan xolos.

Davomi bor...

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 14:41, 27.12.2021.
O'qildi: 2659 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.