Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Jinoyatchilik urchigan mavzedan chiqqan yulduz – Kilian Mbappe (2-qism)

Jinoyatchilik urchigan mavzedan chiqqan yulduz – Kilian Mbappe (2-qism)

Baho:
+ | -

Kilianning o‘yini Angliyaning “Chelsi” jamoasida qiziqish uyg‘otdi. U Londonga ko‘rik o‘yinida ishtirok etish uchun bordi. Ya’ni murabbiylar uning o‘yinini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqchi edi. Birgina o‘yinda “Chelsi” o‘smirlari yirik g‘alabaga erishdilar. Mbappe hatto gollardan biriga mualliflik qildi. Unga ismi yozilgan klubning 10-raqamli libosini ham berishdi  va tez orada qo‘ng‘iroq qilishlarini aytib Fransiyaga kuzatib qo‘yishdi. Mbappe kuta boshladi. Uzoq kutdi. Ammo qo‘ng‘iroq bo‘lmadi. Londonliklar uni rad etishgandi.

13 yoshida esa “Real Madrid” jamaosidan shunday taklif bo‘ldi. U endi Ispaniya poytaxtiga bordi. Taklifnoma Zinedin Zidan tomonidan berilgandi. Aynan Madridda Kilian o‘z kumiri Krishtianu Ronaldu bilan uchrashib suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq sinov davri yakunlangach “Real”dan shartnoma bo‘yicha sado chiqmasdi. Kilianning otasi bu vaqtga kelib qaror qabul qilish kerakligini tushunardi. U Fransiyaga qaytishni tanladi.

Bu to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi ohir-oqibat. Ikki mavsum “Klerfonten” jamoasida mashg‘ulot olib borgan qahramonimiz 2015 yil “Monako”dan professional shartnoma qabul qilib oldi. Shu yil dekabr oyida esa jamoada debyut qildi. Hali 17 yoshga to‘lmay turib ilk o‘yinda 8 kun o‘tib endi Yevropa Ligasida “Tottenhem”ga qarshi o‘yirda ham maydonga tushdi va assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Mana shu ibtido nuqtasi edi. Kelasi mavsumda Mbappe Fransiya chempionati to‘purari bo‘ldi – 26 ta gol. Jamoasi esa mamlakat chempioniga aylandi.

2017 yilning yozida “PSJ”ning pul bilan muammo nimaligini bimaydigan xo‘jayinlari Mbappeni ijaraga oldi. Keyinchalik 180 million yevro evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga olish edi bu. Yaxshi bilasizki oxir-oqibat bu transfer ham amalga oshgan. Kilian futbol tarixidagi ikkinchi eng qimmat futbolchiga aylandi. Birinchisi ham uning yangi jamaosida to‘p tepardi. Gap Neymar haqida esanini bilib turibsiz.

2018 yil yozida Fransiya terma jamoasi yana Jahon chempioniga aylandi. 20 yil ilgari Zidan va uning jamoadoshlari finalda Braziliyani mag‘lub etib mundialda tengsiz bo‘lishganda Mbappe hali onasining qornida edi. Bu safar esa u finalda xorvatlarga qarshi o‘yin qahramonlaridan biri bo‘ldi. Umuman shu jahon chempionatidan so‘ng uni Pele bilan qiyoslashlar ko‘paydi. Shu qadar yosh bo‘lishiga qaramay terma jamoada 10-raqam ostida ishonch bilan harakat qilishi mutaxassislar oqilishiga sabab bo‘lardi.
 
Bolaligida Krishtianu Ronalduga havas qilgan Kilian bugun Lionel Messi bilan bir klubda to‘p tepmoqda va dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Uning yillik daromadi 43 million yevro. Bu Mbappening “PSJ”dan oladigan pulllari. Reklama va boshqa tijoriy hamkorliklarsiz hisoblanganda shunday.

Uning avtomobillarga qiziqish yuqori. 2021 yil holatiga ko‘ra Mbappening garajida “Mersedes”, “Ferrari”, BMW va “Audi” avtomobil brendlarining turli modellari mavjud.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 15:10, 27.12.2021.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.