Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Karlush Keyrush nima sababdan O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishni istamagani ma’lum bo‘ldi

Karlush Keyrush nima sababdan O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishni istamagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mashhur portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin edi.  2018 yil fevral oyida O‘FA ushbu mutaxassis bilan muzokara o‘tkazayotgani, Rossiyadagi Jahon Chempionati bahslaridan keyin Keyrush O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida matbuotda xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ammo keyinchalik argentinalik Ektor Kuper milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ommaga tanishtirildi. Keyrushning nima sababdan O‘zbekistonni boshqarishga rozi bo‘lmagani sabablari oshkor qilinmadi.

Ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, o‘shanda Keyrush O‘FA rahbariyatidan juda katta maosh — yiliga 4 million AQSH dollari so‘ragan. «Daryo»ga ma’lum bo‘lishicha, Keyrush bilan muzokaralarda bu miqdordagi pul haqida so‘z bormagan.

«O‘FA tomonidan haqiqatan ham Karlush Keyrush bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Portugaliyalik mutaxassis o‘sha payt mundialdan so‘ng Eron terma jamoasi bilan hamkorlikni tugatishga qaror qilgan edi.

Biz Keyrush bilan gaplashdik. U O‘zbekistonga kelishga rozi bo‘ldi. Ketma-ket ikki marta Eronni Jahon Chempionatiga olib chiqqan murabbiyga endi yangi chorlovlar kerak edi», — dedi ismi sir qolishini so‘rgan futbol agenti «Daryo» muxbiri bilan suhbatda.

«Keyrush O‘zbekistonning azaliy orzusini amalga oshirish uchun ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo yiliga 4 million dollar maosh so‘ragani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

U muzokara paytida umuman pul haqida so‘z ochmagan. Asosan, O‘zbekistondagi futbol tizimiga bog‘liq savollar bergandi: ‘Milliy terma jamoaning mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘z maydoni bormi? Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi milliy terma jamoa bilan hamkorlikda ishlaydimi? O‘zbek futbolida menejment qay ahvolda? Murabbiylarni o‘qitish tizimi qanday? Yosh futbolchilarni kashf qilib borish uchun nimalar qilinmoqda? Har bir yoshdagi terma jamoaning yillik rejasi bormi? Bulardan kelib chiqib milliy terma jamoaning strategiyasi ishlab chiqiladimi?’

Shu kabi mayda-chuyda masalalargacha so‘rgan. Tabiiyki, bizda u aytayotgan ko‘p ishlar hali yo‘lga qo‘yilmagandi.

‘Nahotki, Jahon Chempionatiga chiqishni maqsad qilgan terma jamoaning mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘z maydoni bo‘lmasa?’ – deb hayron qolgandi o‘shanda Keyrush», — deya qo‘shimcha qiladi «Daryo» manbasi.

Ma’lumot uchun, Keyrush JCH—2018 musobaqasidan keyin Eron bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi. U 2019 yil yanvarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidan keyin Erondan ketdi. Biroz o‘tib Kolumbiya terma jamoasi ustoziga aylandi. Biroq qoniqarsiz natijalardan keyin 2020 yilda Kolumbiyadan iste’foga chiqarildi. 2021 yilning sentyabr oyida esa Keyrush Misr terma jamoasini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yozida Vadim Abramov iste’foga chiqarilgach, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida Keyrushning nomi ham bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi. O‘FA media bo‘limi rahbari Davron Fayziyev O‘FA ko‘plab nomzodlar qatori Keyrush bilan ham bog‘langani, biroq mutaxassis oilaviy sabablar bilan Mozambikda ekani va ayni vaqtda terma jamoani qabul qila olmasligini bildirgani haqida aytgandi.

Keyrush murabbiylik faoliyati davomida Eron va Kolumbiyadan tashqari JAR, BAA hamda Portugaliya kabi terma jamoalarda ham ishlagan. Shuningdek, «Real Madrid», «Manchester Yunayted» (yordamchi murabbiy), «Nagoya Grampus» va «Sporting» singari klublarda faoliyat yuritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:24, 27.12.2021.
O'qildi: 11033 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.