Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Levandovski va Mbappe JCHning har 2 yilda o‘tkazilishiga qarshi chiqishdi

Levandovski va Mbappe JCHning har 2 yilda o‘tkazilishiga qarshi chiqishdi

Baho:
+ | -

Dubayda o‘tkazilgan "Globe Soccer Awards" marosimi paytida "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish g‘oyasiga qarshi ekanini ma’lum qildi.

"Men ushbu taklif tarafdori emasman. Hozirda shundoq ham o‘yinlar, qiyin haftalar ko‘p. Biz kelajak haqida o‘ylashimiz kerak. Boisi, o‘yinchilar charchashi oqibatida futbol saviyasi tushib ketadi. Jahon chempionatini har ikkil yilda o‘tkazishning imkoni bor, deb o‘ylamayman", - dedi Levandovski.

Uning fikrini "Pari Sen-Jermen" forvardi Kilian Mbappe ham qo‘llab-quvvatladi.

"Men Robertning fikriga qo‘shilaman. Biz futbolning sifati haqida o‘ylab, o‘yinchilarning sog‘lig‘ini hurmat qilishimiz zarur", — dedi Mbappe.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 22:16, 27.12.2021.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик