Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Vesino o‘zini APLda sinab ko‘rmoqchi

Vesino o‘zini APLda sinab ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

Italiyadan olingan xabarlarga ko‘ra, "Lester Siti" "Inter" yarim himoyachisi Mattias Vesino bilan shartnoma imzolamoqchi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, futbolchi yozda shartnomasi tugaydigan "Inter"ni tark etish istagini bildirgan, biroq klub futbolchini yanvarda sotib yubormoqchi.

So‘nggi oylarda Vesinoga "Napoli" qiziqish bildirdi, ammo futbolchi o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi va uni Angliya klublari o‘z safiga chorlamoqda. "Lester"dan tashqari "Nyukasl Yunayted" ham uning xizmatlariga qiziqayotganligi aytilmoqda.

Urugvaylik futbolchi asosiy tarkibda tez-tez maydonga tushish va Urugvay terma jamoasidagi o‘rnini saqlab qolish uchun yanvar oyida klubni tark etish niyatida.

Ushbu mavsumda futbolchi A Seriyada 12 ta o‘yin o‘tkazdi. Umumiy hisobda uning hisobida 271 daqiqa va bitta gol bor.

Matias Vesino 2017 yilning avgustida "Fiorentina"dan "Inter"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 00:45, 28.12.2021.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.