"Atletiko Madrid" klubi futbolchisi Xose Ximenesni sotishi mumkin. Unga asosiy da’vogar esa "MYU" va "Chelsi" bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchi tez orada sotuvga qo‘yiladi. "MYU" esa u uchun anchadan beri qiziqib kelayotgan edi. 26 yoshli himoyachi uchun "Chelsi" ham da’vogar hisoblanadi.
Chunki har ikki klubda himoya uchun mustahkamroq chiziq zarur. "Arsenal" hamda "Lester" Ximenesga keyingi eshelondagi qiziquvchilar qatoridan joy olgan.