Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Qahramon Aslanov maqolasi: Rangnik «MYU»ni o‘z taktikasi moslashtira olmayaptimi?

Qahramon Aslanov maqolasi: Rangnik «MYU»ni o‘z taktikasi moslashtira olmayaptimi?

Baho:
+ | -

Ralf Rangnikning dastlabki o‘yinlari munosib chiqmadi. Jadvalning quyi qismidagi uch jamoaga qarshi o‘yinda atigi 3 gol urildi va agar De Xea bo‘lmaganida, ancha ko‘p o‘tkazvorishiyam mumkin edi.

Katta ehtimol bilan o‘yindagi bu pasayish Rangnikning o‘zi yaxshi ko‘rgan 4-2-2-2 sxemasiga futbolchilarni moslashtirishga uringanidan yuzaga keldi.

Ronaldu uch o‘yinda atigi bir marta penaltidan gol urdi. Oldingi chiziqning har tomonida erkin harakatlanishga o‘rgangan va shu pozisiyada Yevropada eng yaxshilardan biri bo‘lgan Bruno qanotga biriktirilgach, umuman o‘ynay olmayapti - Rangnik qo‘l ostidagi o‘yinlarda u olgan o‘rtacha baho jamoada 10-ko‘rsatkich.

Ya’ni, bu sxemada ko‘p futbolchilar o‘z darajasida o‘ynay olmayaptilar. Rangnik Nyukasldagi o‘yinning ikkinchi taymida Matichni hatto uchinchi markaziy himoyachi sifati tushirdi, u paytda ham Fred, ham Maktominey maydonda bo‘lmagani uchun yarimhimoya butunlay yalang‘och bo‘lib qoldi.

Xabar berishlaricha, Erik Bayi Afrika kubogiga ertaroq tayyorlanish uchun ketishga ruxsat olgan, ammo murabbiy uning orqaga qaytarishga qaror qildi va himoyachi indinga «Byornli» bilan o‘yinga tayyor bo‘lishi lozim.

Bu nima degani? Demak, «Atletik» nashrining insaydi to‘g‘ri - Ralf 4-2-2-2 ga bog‘lanib qolmaydi, 3-4-1-2 sxemasiga o‘tishi mumkin. Bayi esa, Lindelof virusga chalingani uchun uchinchi markaziy himoyachi sifatida kerak.

Menimcha, bu sxema hozirgi MYU futbolchilariga ko‘proq mos keladi, asosiysi, Bruno yana o‘zi uchun qulay pozisiyaga qaytishi mumkin.

Ammo baribir, yo Reshford yoki Ronaldu zaxiraga o‘tirishi shart nazarimda. Ularni birgalikda maydonda ko‘rish qog‘ozda ajoyib, lekin ayni paytda jamoa muxlislarining ko‘zini qonatib yuborayotgandek.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 10:01, 29.12.2021.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик