Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dembelening "Barselona"ga qo‘ygan talablari ma’lum bo‘ldi

Dembelening "Barselona"ga qo‘ygan talablari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

 "Barselona" futbolchisi Usmon Dembele yangi shartnoma bo‘yicha jamoa bilan kelisha olmagani haqda xabar bergan edik. 

  Bir necha daqiqa oldin ispaniyalik jurnalist Jerar Romero futbolchi va uning agenti kataloniyaliklarga qanday talablar qo‘yganini ma’lum qildi. 

Manbada aytilishicha, Shartnoma uchun uning agenti 20 mln yevro so‘ragan va undan tashqari uning mijozi 40 mln yevrogacha maosh olishi kerakligini talab qilgan. Tabiiyki "Barselona" xozirgi holatida futbolchi uchun buncha pul sarflay olmaydi. Shu sabab tomonlar kelisha olishmagan. Dembele katta ehtimol bilan jamoani tark etishi kutilmoqda. 

 "Barselona" hozirda bor mablag‘iga Xolandni jamoaga olib kelishni rejalashtirgan.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:12, 30.12.2021.
O'qildi: 4112 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.