Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Konte: «Bunday uchrashuvlarda muvozanatni yo‘qotmaslik kerak»

Konte: «Bunday uchrashuvlarda muvozanatni yo‘qotmaslik kerak»

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte APL doirasida «Uotford» (1:0) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yakunda gol kiritdik, lekin o‘yin davomida gol kiritishga juda ko‘p harakat qildik. Bunday uchrashuvlarda muvozanatni yo‘qotmasdan, oqilona harakat qilish kerak. «Uotford» qarshi hujumda juda xavfli jamoa. Jamoa jismonan baquvvat. Biz o‘yinni nazorat qildik. Hujumni yakunlashda kamchiliklarni bartaraf qilishimiz kerak.

Gol kirita olmaganimiz uchun vazifamiz mushkullashib boraverdi, lekin vaziyatlarni sodir etdik. Raqib o‘z o‘yinini yaxshi tashkil qilgan bo‘lsa, ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. Bunday uchrashuvlarda gol ursang o‘yin strukturasi o‘zgaradi, bo‘sh xududlar paydo bo‘ladi.

Biroz charchadik, futbolchilarning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdim. Do‘stim Klaudio Ranyeriga barcha yaxshiliklarni tilayman. Ular ko‘p narsalarga qodir», – dedi Konte.

Kiritildi: 22:37, 01.01.2022.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.