Fransiya Kubogining 1/16 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Yura Syud" — "Sent-Etyen" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlarning muxlislari sabab o‘yin to‘xtatilganligi haqida RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, "Sent-Etyen" klubi muxlislari pirotexnika vositalaridan juda faol foydalanishgan.
Uchrashuvning 20-daqiqasida yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng, o‘yin yana davom ettirilgan.