Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Rustam Nartadjiyev: «Lokomotiv» bilan sovrinli o‘rinlarni olmoqchiman

Rustam Nartadjiyev: «Lokomotiv» bilan sovrinli o‘rinlarni olmoqchiman

Baho:
+ | -

Lokomotiv"ga qaytgan darvozabon Rustam Nartadjiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Rustam, «Lokomotiv»ga qaytganingiz muborak.

- Rahmat.

- «Loko»ga qaytishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- «Surxon» bilan shartnomam yakuniga yetgandi. Shu sababli «Lokomotiv» rahbariyati men bilan bog‘landi va jonajon jamoamga qaytishni taklif qilishdi. Bu taklifni bajonidil qabul qildim.

- «Surxon»dan qanchalik minnatdorsiz? O‘tgan mavsum ikkinchi davrada jamoaning asosiy qutqaruvchisi va ta’bir joiz bo‘lsa jamoaning Superligada qolishida asosiy rol o‘ynadingiz.

- «Surxon» rahbariyatidan cheksiz minnatdorman. U yerdagi jamoadoshlar bilan ishlash, mashg‘ulot qilish menda o‘zgacha taassurot qoldirgan. O‘tgan mavsum «Surxon» uchun omadli o‘tdi deya olaman, Chunki klub qo‘ygan vazifa bajarildi desa ham bo‘ladi. O‘z navbatida menga ishonch bildirgan murabbiylar shtabiga ham rahmat aytaman. Ular menga yaxshi taraflarimni ko‘rsatish uchun katta imkoniyat berishdi.

- Ayni damda Abdumavlon Abdujalilov hamda yosh posbonimiz Shohruh Isoqov asosiy tarkibdagi darvozabonlarimiz hisoblanishadi. Raqobat jamoada qanchalik muhim dib hisoblaysiz?

- Abdumavlon Abdujalilovni yaxshi taniyman. U yaxshi darvozabon. U Superligada juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushdi va juda katta o‘yin amaliyotiga, tajribaga ega. Ammo «Lokomotiv»ga zaxirada o‘tirish uchun qaytmadim (demak, Abdumavlon Abdujalilov ham raqobatga tayyor turishi kerak). Raqobat esa doimo bo‘lishi shart, futbolchi shu orqali o‘sadi. Doimo kuchlilar bilan raqobatda bo‘lish orqaligina eng yaxshisi bo‘lish mumkin.

- Ushbu mavsumda o‘z oldingizga qanaqa maqsadlar qo‘ygansiz?

- «Lokomotiv» bilan sovrinli o‘rinlarni olmoqchiman. Oldimizda butun bir mavsum kutib turibdi. Eng avvalo chiroyli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.

Manba: "Локомотив" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:38, 03.01.2022.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик