Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“YAngi O‘zbekiston” mamlakatimizning yosh qahramoniga quchoq ochdi

“YAngi O‘zbekiston” mamlakatimizning yosh qahramoniga quchoq ochdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun shaxmat bo‘yicha dunyoning eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimi ko‘plab mutasaddilar, hamyurtlarimiz, OAV va blogerlarning diqqat-markazidan o‘rin oldi. MOQda o‘tgan tantanali tadbirdan so‘ng ishtirokchilarning barchasi ajratilgan sayyohlik avtobuslarida shahrimiz ko‘chalari bo‘ylab hamyurtlarimiz ko‘z o‘ngida "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga yo‘l olishdi.

Shu tariqa marosimning davomi bog‘ning bosh maydonida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, mamlakat shaxmat federasiyasi raisi Aziz Abduhakimov, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Senator Alisher Sadullayev va yuzlab yoshlarimiz hamda poytaxtimiz mehmonlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Aziz Abduhakimov Nodirbek Abdusattorovni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan yana bir bor qutlab, uning Yangi O‘zbekistonning sport solnomasiga qo‘shgan hissasi haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng Nodirbekka xalqimiz ko‘z o‘ngida Prezidentimiz tomonidan berilgan sovg‘alar yana bir bor taqdim qilindi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan marosim yakunida Nodirbek Abdusattorov ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun tashakkur aytib, kelajakda bunday ishonchni oqlashga va’da berdi. Shundan so‘ng yosh chempionimiz va yig‘ilganlar esdalik uchun suratga tushishdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:23, 03.01.2022.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик