Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik nima uchun Xarri Maguayrning jarohatidan keyin sardorlik bog‘ichi David De Xeaga emas, balki Krishtianu Ronalduga berilganiga oydinlik kiritdi.
«Ronaldu – «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan vaqtim mobaynida eng tajribali futbolchi. Ko‘rinishidan, u klubda eng ko‘p o‘ynagan futbolchi.
To‘g‘risini aytganda Ronaldu va David De Xea o‘rtasida sardorni men tanladim. Umuman olganda sardorlik bog‘ichini darvozabonga emas, futbolchiga bermoqchi edim, shuning uchun Krishtianuni tanladim», – dedi Rangnik Sky Sports bilan suhbatda.