Moskvaning «Lokomotiv» klubi hujumchisi Fedor Smolov MLSning bir nechta klublaridan tushgan takliflarga rad javob berdi.
«Dekabr oyida Fyodorga AQSHning bir nechta klublaridan takliflar tushdi. U o‘ylab ko‘rdim va barchasiga rad javob berdi. U AQSHga borgandan ko‘ra, Rossiya chempionatida o‘ynashni ma’qul ko‘rmoqda. Uning eng asosiy maqsadi – JCH-2022 saralash bosqichida Rossiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushish va muvaffaqiyatga erishib, Qatar-2022da ishtirok etish.
U AQSHda o‘ynayotgan aksariyat futbolchilar uchun terma jamoalar eshigi yopilishini juda yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, Fyodor MLSda chamasi bir yarim yillardan keyin o‘ynashi mumkinligini bildirdi», – deydi futbolchining agenti Metaratings bilan suhbatda.