Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronaldu “Barselona”da?! Bu mish-mishlar qanchalik rost?

Ronaldu “Barselona”da?! Bu mish-mishlar qanchalik rost?

Baho:
+-1 | -

Bir necha kun oldin Britaniya matbuoti Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”dan “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi: manbaga ko‘ra, go‘yoki portugaliyalikning o‘zi kataloniyaliklar safiga o‘tishga qaror qilgan va “ko‘k-anorranglilar” ustozi Xavi Ernandes bilan gaplashgan. “Stadion.uz” nashri bu mish-mishlar rostmi, amalga oshish ehtimoli qanchalik ko‘pligi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildi.

 

Britaniya OAVlari Krishtianu Ronalduning “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi shov-shuvli ma’lumotni tarqatdi. Taxminlarga ko‘ra, portugaliyalikning o‘zi allaqachon kataloniyaliklarga o‘z nomzodini taklif qilgan. Ronaldu Jerard Pike orqali Xavidan “Barselona”da o‘ynash imkoniyati haqida so‘ragan, murabbiyning o‘zi esa himoyachi orqali portugaliyalik yulduz futbolchining jamoada qanday pozisiyani egallashini haqida ma’lum qilgan. Qolaversa, Pike allaqachon Lionel Messidan Ronalduga Leo yashagan uyni berishni so‘ragan. O‘z navbatida, “Barselona” prezidenti Joan Laporta va portugaliyalik hujumchi vakili bo‘lgan agent Xorje Mendesh o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar kelishuvni osonlashtirishga yordam berishi mumkinligi ta’kidlangan.

Darhol aytish kerakki, qishda bu transferni amalga oshirish mumkin emas. Ronaldu bu mavsumda allaqachon ikkita klubda (“Yuventus” va “Manchester Yunayted”) o‘ynagan, shuning uchun FIFA qoidalariga ko‘ra, u endi uchinchi jamoa libosida harakat qila olmaydi. Biroq, bu yozda sodir bo‘lishi mumkin.

 

Rostini aytsak, Ronalduni “Barselona” libosida tasavvur qilish juda qiyin. Portugaliyalik shuncha yil davomida “Real Madrid”ning yetakchisi bo‘lib kelgan. Krishtianu va “ko‘k-anorranglilar” deyarli bir-biriga mos kelmaydigan xariddir. Ronaldu kataloniyaliklarning uy libosida maydonga tushganida “Kamp Nou”ning qanday munosabat bildirishini tasavvur qilish juda qiyin. Shunga qaramay, agar biz ushbu ma’lum so‘zlarni qavsdan olib tashlasak, portugaliyalikning Kataloniyaga transferi aql bovar qilmaydigan narsaga o‘xshamaydi.

Ronalduning o‘zi yaxshi holatda bo‘lib, ko‘plab gol urishda davom etmoqda, ammo uning yoshi unga pressingda faol harakat qilishga imkon bermaydi. Bu Angliya Premyer-ligasida juda sezilmoqda. Ispaniya chempionatida bu kamchilikni yashirish Ronalduga osonroq bo‘ladi, bu esa portugaliyaliklarga yana bir necha yil yuqori saviyada o‘ynash imkonini beradi.

Shu bilan birga, Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi kelajagi ancha noaniq. Jamoa kelasi mavsumda Chempionlar ligasisiz qolib ketish xavfi bor va portugaliyalik futbolchi faoliyatining so‘nggi yillarini Yevropa ligasida o‘tkazishni istamaydi, albatta. O‘z navbatida, Ralf Rangnik aftidan, “Manchester Yunayted”ni noldan o‘zi qurmoqchi. Murabbiyning o‘yin falsafasi esa portugaliyalikga to‘g‘ri kelmaydigan energiya sarflaydigan pressing ostida kechadigan futbol hisoblanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, Krishtianu ushbu jamoaga begonaga aylanadi. Qolaversa, “Barselona” hozir shunday holatdaki, ularga hujumda yetakchi kerak. Albatta, bu kulgili ko‘rinadi, lekin Ronaldu haqiqatan ham yetakchilik nuqtai nazaridan Katalon klubida Messining o‘rnini bosa oladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, “Barselona” portugaliyalik faxriy futbolchiga pul tikishi kerakmi? Bunga “ha”, deb javob berish mumkin! Sababini esa tushuntiramiz. Birinchidan, bu baribir klub obro‘siga katta ta’sir o‘tkazadi. Ikkinchidan, maosh masalasida, hamda transfer borasida katta pul sarflashga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu fikrlarni inkor etish uchun ham sabablar yetarlicha, Ronaldu xarididan ko‘ra, Messini ortga qaytarish osonroq bo‘ladi. Shuningdek, “Barselona” kelajakda ham yordam beradigan futbolchilar kerak.  Sababi, Ronaldu ajoyib sportchi ekanligiga shubha bo‘lmas-da, fevralda u 37 yoshga to‘ladi! Qachongacha u o‘zini formada saqlay oladi? Bir yoki ikki yilmi? Shu sababdan kataloniyaliklar yoshroq futbolchi transferini amalga oshirgani ham ma’quldek tuyuladi, chamamizda.

Shunday bo‘lsa-da, Ronalduni “Barselona” libosida ko‘rish qiziq bo‘lardi. Aslida imkonsiz bo‘lib tuyulgan narsa sodir bo‘lganda, u doimo qiziq tuyuladi. “Santyago Bernabeu” tribunalari “el-klassiko”da Ronaldu kataloniyaliklar uchun o‘ynashini tasavvur qilish esa yanada kutilmagan bo‘lardi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:40, 04.01.2022.
O'qildi: 19558 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.