Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Qo‘qon-1912" yangi yildagi dastlabki yig‘inni boshladi

"Qo‘qon-1912" yangi yildagi dastlabki yig‘inni boshladi

Baho:
+ | -

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchilari bugun Qo‘qon shahrida o‘zlarining yangi yildagi ilk o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlashdi.

Qo‘qondagi "markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan bugungi mashg‘ulotlarda jami 20 nafar futbolchilar ishtirok etishdi. Darvozabonlarimiz ilk kundan to‘liq tarkibda shug‘ullanishdi. Xurshid Xo‘jayev, Muzaffar Abdullayev va Islom Abdullayevlar yangi yilning dastlabki kunlaridanoq yaxshi sport formasida ekanliklari ko‘rinib turdi. Murabbiylar shtabi o‘tgan yilgi tarkibning asosiy qismini saqlab qolish hamda ayrim chiziqlarga yangi futbolchilarni jalb qilishni maqsad qilishgan. Bugungi mashg‘ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan Bilolxon Toshmirzayev ham ishtirok etdi. Shuningdek yoshlar tarkibidan ham bir nechta iqtidorli futbolchilar asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Uzrli sabablarga ko‘ra bugungi mashg‘ulotlarga yetib kela olmagan Mo‘min Meliyev, Oybek Rustamovlar ertaga bo‘ladigan mashg‘ulotlarga qo‘shilishadi. Tarkibga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Murabbiylar shtabi bir nechta yangi nomlarni jamoa ko‘rigiga taklif qilishgan. Biz ularni yig‘in davomida sizlarga tanishtirib boramiz. Jamoa yetakchilari Murod Xolmuhammedov ham Aleksandr Merzlyakovlar mashg‘ulotlarga biroz keyinroq kelish uchun murabbiylar shtabidan ruxsat olishgan. Ertadan mashg‘ulotlar ikki mahal bo‘lib o‘tadi. Dastlabki yig‘inda asosan futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlarga ko‘proq urg‘u beriladi.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 20:17, 04.01.2022.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.