Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

“Man Siti” amalga oshirgan eng qimmat sotuvlar (top-10)

“Man Siti” amalga oshirgan eng qimmat sotuvlar (top-10)

Baho:
+ | -

Umuman olganda,“Manchester Siti” transferlarga katta summa ajratmoqda– 2,3 mlrd yevro (faqat “Chelsi” ko‘proq - 2,4 mlrd). Lekin, “shaharliklar” rahbariyati faqat xarid qilishni emas, balki futbolchi sotishni ham yaxshigina uddalaydi. Bunga misol sifatida yaqindagina “Barselona”ga sotib yuborilgan Ferran Torresni ko‘rish mumkin. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri “Man Siti” amalga oshirgan sotuvlar va undan ko‘rilgan foyda haqida o‘z o‘quvchilariga ma’lumot berishga qaror qildi.

 

10. Braim Diaz ⟹ “Real Madrid”, 17 million yevro

Kuchli o‘nlikning Braim Diazning transferi ochib beradi. “Man Siti” uni yoshligida “Malaga”dan atigi 350 mingga sotib oldi, keyin esa “Real”ga 17 million yevroga sotdi. Dias hech qachon “Siti” yoki “Real”da ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarini xursand qilmagan, ammo hozir “Milan”da yaxshi karyerasini qurmoqda.

Foyda: +16,6 million yevro;

 

9. Anxelinyo ⟹ “Leypsig”, 18 million yevro

Gvardiola jamoasidan joy topolmagan yana bir ispaniyalik - Anxelinyo. O‘z vaqtida “Siti”“Deportivo”ning 16 yoshli himoyachisi uchun 4,5 million yevro to‘lagan, biroq Anxelinyo “shaharliklar” asosiy jamoasi ro‘yxatiga kira olmagan. Bir qator ijaralardan so‘ng ispaniyalik himoyachi 18 million yevro evaziga “Leypsig”ga o‘tdi.

Foyda: +13,5 million yevro;

 

8. Mario Balotelli ⟹ “Milan”, 20 million yevro

Balotelli — “Manchester Siti” klubining yana bir muvaffaqiyatsiz transferi. 2010 yilda “Siti” Mario Balotellini “Inter”dan 29,5 million yevroga sotib olgandi. Biroq murabbiylar shtabi va klub rahbariyati italiyalikning qiyin va juda tez fe’l-atvoriga chidamadi va uch yildan so‘ng Balotelli “Milan”ga arzonlashtirilgan narxda sotib yuborildi. Garchi SuperMarioning “Siti”dagi statistikasi eng yomoni bo‘lmasa-da: 80 ta o‘yin, 30 ta gol, 7 ta golli uzatma.

Zarar: –9,5 million yevro;

 

7. Robinyo⟹ “Milan”, 21 million yevro

Balotellidan oldin ham Robinyo Manchester - Milan yo‘nalishida yo‘lga chiqqandi. Braziliyalik futbolchi yangilangan “Man Siti”ning dastlabki yulduzlaridan biri edi, ammo futbolchi bu yerda uzoq vaqt o‘ynamadi. Uch yil davomida Robinyo atigi 53 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urgan. 2010 yilning yozida hujumchi “Milan”ga 21 million yevroga sotilgan, bu summa “shaharliklar” uni bir vaqtlar “Real”dan sotib olgan pulining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.

Zarar: –22 million yevro;

 

6. Keliche Ixeanacho⟹ “Lester Siti”, 27,7 million yevro

2014 yilda “shaharliklar”nigeriyalik futbolchi uchun bor-yo‘g‘i bir million yevro to‘lagan, uch yildan so‘ng esa 27,7 millionga sotishgan. Ajoyib yakun, ammo iqtidorli hujumchi ertaroq qo‘yib yuborilmadimi? Iheanacho “Siti” safida Aguero va Jezus bo‘lganiga qaramay, 64 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 8 ta gol urgan. Ajoyib natija.

Foyda: +26,6 million yevro;

 

5. Alvaro Negredo ⟹ “Valensiya”, 28 million yevro

Alvaro Negredo– “Man Siti”ning eng tushunarsiz transferlaridan biri. Klub uni 2013 yilning yozida “Sevilya”dan sotib oldi va bir yildan so‘ng uni “Valensiya”ga ijaraga berdi va keyinchalik “ko‘rshapalaklar” uning shartnomasini to‘liq sotib oldi. Biroq, Ixeanacho va Balotelli misolida bo‘lgani kabi, Negredoning statistikasi ham ancha yaxshi: 49 ta o‘yin, 23 ta gol va 8 ta golli uzatma.

Foyda: +3 million yevro;

 

4. Shon Rayt-Fillips ⟹ “Chelsi”, 31,5 million yevro

“Man Siti” 2005/06 yilgi mavsumda shayxlarsiz birinchi marta chinakam katta transferni amalga oshirdi. O‘sha paytdagi gegemon klub “Chelsi” yosh vinger uchun 31,5 million taklif qilgan. “Siti” bu taklifga ikkilanmasdan rozi bo‘ldi. Ammo,  Londonda Rayt-Filips yaxshi o‘ynamadi va uch yildan so‘ng u yana “Siti”ga qaytdi. 

Foyda: +20,3 million yevro;

 

3. Danilo ⟹ “Yuventus”, 37 million yevro

Uchinchi o‘rinda Daniloning 37 million yevro evaziga “Yuventus”ga o‘tgani joylashgan. U “Real”dan “Man Siti”ga 30 million evaziga kelgan, ammo futbolchi “shaharliklar” asosiy tarkibidan joy ololmadi. Ikki yil ichida Danilo ellikdan ortiq o‘yin o‘tkazdi va bir nechta gol urdi, xolos.

Foyda: 7 million yevro;

 

2. Ferran Torres “Barselona”,   55 million yevro

Ferran Torresning butunlay yangi sotuvi ikkinchi o‘rinda. Transfer summasi 55 million yevro + mumkin bo‘lgan bonuslar sifatida 10 million yevro. Kataloniyaliklar futbolchi bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi. Torres “Siti”ga bir necha yil oldin kelgan edi. 2020 yilning yozida “shaharliklar” “Valensiya”dan 33,5 millionga xarid qilishgan edi.

Foyda: 21,5 million yevro;

 

1. Leroy Sane ⟹ Bavariya, 60 million yevro

Ikki yil avval “Siti” o‘z tarixida rekord sotuvga amalga oshirdi. Leroy Sane 60 million yevro evaziga “Bavariya”ga yo‘l oldi. Biroq, o‘z vaqtida “Man Siti” nemis uchun 52 million yevro to‘laganini inobatga olsak, bu summa u qadar ta’sirchan bo‘lmaydi. Manchesterda Leroy Sane ajoyib statistikasi bilan yodda qoldi: 135 uchrashuv, 39 gol, 45 golli uzatma.

Foyda: 8 million yevro;

 

P/S. “Manchester Siti” ushbu o‘nta transferdan 315 million ishlab topgan. Ammo, klub bu futbolchilar uchun bir vaqtning o‘zida qancha to‘laganini hisobga oladigan bo‘lsak, umumiy sof foyda bor-yo‘g‘i 85 million yevroni tashkil qiladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:32, 05.01.2022.
O'qildi: 4183 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.