Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Qishki mavsumda kutilayotgan transferlar (top-7)

Qishki mavsumda kutilayotgan transferlar (top-7)

Baho:
+1 | -

2022 yil kirib keldi, bu esa Yevropada qishki transfer oynasi ochilishini bildiradi. “Stadion.uz”nashri an’anaviy tarzda barcha transfer haqidagi mish-mishlarini to‘plab, qishining eng kutilgan TOP-7 transferini e’tiboringizga havola etadi.

 

7. Serdar Azmun: → “Lion” va “Nyukasl”

Bu qishda “Zenit”ning eronlik legioneri Serdar Azmun Yevropani top-5 chempionatini zabt etmoqchi. Sankt-Peterburgda uch yil davomida u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi: 104 uchrashuv, 62 gol, 23 golli uzatma.

Hozirda Azmunga asosiy davogar — “Lion” va “Nyukasl”. Fransuz klubi hujumchi uchun 3 million yevro taklif qilgan. Ammo, eronlikning transfer qiymati 25 millionni tashkil qiladi. Biroq, endi “Zenit” o‘z shartlarini qo‘yishga haqli emas, chunki futbolchining shartnomasi yozda tugaydi va u klub bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas.

O‘tish ehtimoli: 7/10.

 

6. Edinson Kavani: → “Barselona”

“Barselona”ning qishki transfer maqsadi — Edinson Kavani. Aguero bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, kataloniyaliklarga markaziy hujumchi kerak. Xavi va jamoasining nazari urugvaylik El Matadorga tushdi. KavaniMYUga ham kerak va Ralf Rangnik bunday tajribali hujumchini qo‘yib yubormaydi, albatta. Biroq Kataloniya klubi yaxshi taklif bilan hammasini hal qilish mumkin. 

O‘tish ehtimoli: 7/10.

 

5. Aaron Remzi → “Roma”, “Nyukasl”va“Arsenal”

Uelslik futbolchi erkin agent sifatida “Yuventus”ga o‘tganida, butun Yevropadagi mutaxassislar bu transferni juda foydali deb hisobladi. Biroq, Turindagi ikki mavsumda ham Remzi o‘zini ko‘rsata olmadi va zaxira futbolchisiga aylandi.

Futbolchining yiliga 7 million yevro maoshi “Yuventus”ni unga yangi klub izlashga majbur qildi. “Calciomercato” nashrining yozishicha, agar “Yuve” qishda Remzini sotmasa, u bilan shartnomani buzishga majbur bo‘ladi. Futbolchiga davogarlar orasida unga begona bo‘lmagan “Arsenal”shuningdek,“Roma” va “Nyukasl” klublari ham bor.

O‘tish ehtimoli: 9/10.

 

4. Felipe Koutinyo: → Premyer-liga klublari

2018 yilda uning transferi qishning eng kutilgan transferi bo‘ldi. Ammo,  Kataloniyada Felipe Koutinyoning yulduzi juda tez so‘ndi. Hozir braziliyalik “Barselona”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri, ammo klubga bu kerak emas. “Barsa” Koutinyodan tezroq qutulmoqchi. Pleymeykerga davogarlar orasida “Everton”, “Arsenal” va “Nyukasl” kabi APL klublari bor.

O‘tish ehtimoli: 8/10.

 

3. Jyul Kunde: → “Chelsi”

Ikki yil avval “Sevilya” bu yigit uchun “Bordo”ga 25 million yevro to‘lagan. Kunde andalusiyaliklarga tezda moslashdi va Ispaniya chempionatining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylandi. Hozir uning bozor narxi 60 million yevroni tashkil etadi va ko‘plab top-klublar uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlashadi.

“Sevilya” fransiyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, ammo futbolchining tovon puli 80 million yevro. Kundega yozda qiziqish bildirgan Londonning “Chelsi” klubi to‘liq pul to‘lashga tayyor. “Aristokratlar”kutib turishidan foyda yo‘q, chunki yozdayoq klubning 3 nafar himoyachisi bilan shartnomalar tugayapti: Aspilikueta, Ryudiger va Kristensen. 

O‘tish ehtimoli: 7/10.

 

2. Erling Holand: → “Real Madrid” va “Barselona”

Agar siz birorta oliy ligada o‘ynasangiz va shunday fenomenal statistikaga ega bo‘lsangiz, u holda siz avtomatik ravishda Yevropa gigantlarining “radarlariga tushasiz”. Erling Holand qayerda o‘ynaydi? Hamma bu savolni beryapti. Oldinroq “Borussiya” norvegiyalik futbolchi yana bir yil qolishi uchun qo‘shimchapul ham berishga tayyorligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Endi Yevropa OAVlari Holand qishda “Borussiya D”ni tark etishi mumkinligi haqida yozmoqda. Masalan, nufuzli “Goal” nashri “Real Madrid” futbolchi uchun ustuvor variant ekanligini yozmoqda. Kecha esa Erling “Barselona” bilan dastlabki kelishuvga erishgani haqida bong urildi. “Borussiya” uchun esa mavsum o‘rtasida yetakchilarni sotish yangilik emas. Masalan, Pulishich va Obameyang o‘z vaqtida ketishdi.

O‘tish ehtimoli: 5/10.

 

1. Pyer-Emerik Obameyang: → “Yuventus” yoki “Man Siti”

Agar qishda Holandning transferiga ishonish qiyin bo‘lsa, u holda yanvar oyida Pyer-Emerik Obameyang yangi klubiga o‘tishiga shubha yo‘q. Doimiy tartib-intizom buzilishi tufayli Mikel Arteta avvaliga 32 yoshli hujumchini sardorlik bog‘ichidan olib qo‘ydi, keyinchalik esa jamoada unga joy yo‘qligi aytildi:

“Biz barcha o‘yinchilardan biz rioya qiladigan qoidalar va standartlarga muvofiq harakat qilishlarini kutamiz va Obameyang ham bundan mustasno emas”, - deydi Arteta

Ko‘pgina, OAVning xabariga ko‘ra, Obmayeyang “Yuventus” “nishoni”da bo‘lib turibdi. Chunki, turinliklar “Barsa”ga ketishi taxmin qilingan Morata o‘rniga Pyer-Emerikni nomzod sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, “Man Siti” ham futbolchini “short-listi”ga qo‘shib qo‘ygan.

O‘tish ehtimoli: 9/10.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:51, 05.01.2022.
O'qildi: 11090 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.