Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘zbek sportida 2021 yil sarhisobi yoxud raqamlar so‘zlaganda

O‘zbek sportida 2021 yil sarhisobi yoxud raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ortda qolgan 2021 yil ham mamlakat sporti uchun eng sermahsul yillardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyida tarix zarvaraqlariga muhrlangan 2021 yilning eng muhim voqeliklariga e’tibor qaratamiz.

O‘tgan yili Olimpiya, noolimpiya hamda milliy sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatlari, kuboklari va boshqa musobaqalarda qamrab olingan ishtirokchilar soni 53 153 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich joriy yilda yanada ortishi hamda 56 995 nafarga yetishi kutilmoqda.

Xalqaro sport tadbirlaridagi ishtirokchilarning soni yakuniga yetgan yilda 2 167 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda jami 2 450 nafar sportchi jahon arenalarida Vatanimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2021 yil davomida sportchilarimiz tomonidan xalqaro sport musobaqalarida qo‘lga kiritilgan medallar soni 629 tani tashkil etdi. Shundan 146tasi oltin, 178tasi kumush hamda 305tasi bronza medallaridir.

2021 yilda O‘zbekistonda 35ta nufuzli xalqaro sport musobaqalari o‘tkazildi. Jumladan, mamlakatimiz ortda qolgan yilda 10ta jahon chempionati, 4ta jahon kubogi, 16ta Osiyo chempionati, 5ta xalqaro turnirga mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2022 yilda O‘zbekistonda jami 37ta nufuzli xalqaro sport musobaqasi, xususan 12ta jahon chempionati, 2ta jahon kubogi, 20ta Osiyo chempionati va 5ta xalqaro turnirni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Joriy yildan boshlab Paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalari Olimpiya sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Respublika sport musobaqalari bilan birgalikda o‘tkaziladi. 2022 yilda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha 44ta Respublika sport musobaqalari, 11ta jahon chempionati va kuboklari hamda 2ta Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 15:14, 05.01.2022.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик