Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

"Bunyodkor": Mashg‘ulotlar boshlandi

"Bunyodkor": Mashg‘ulotlar boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shuhrat Maqsudov murabbiyligidagi “Bunyodkor” bugundan 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida boshlangan bugungi mashg‘ulotlarda 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig‘inning ilk kunidagi mashg‘ulotlarda o‘yinchilarga katta yuklamalar bergani yo‘q. Futbolchilar maydonda to‘p bilan ishladi va yengil jismoniy mashg‘ulotlarni bajarishdi. Suhrob Sultonov, Dilshod Jo‘rayev va Usmonali Ismonaliyev ko‘rikka jalb etilgan.

Jamoamiz bilan amalda shartnomasi bor Suhrob Izzatov, Odiljon Abdurahmonov, Davronjon Ergashev tez kunlarda mashg‘ulotlarga qo‘shiladi. Jarohatini davolatayotgan Rasul Yo‘ldoshev esa, bir necha kundan so‘ng umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Bugun boshlangan yig‘in 2 fevralga qadar Toshkentda davom etadi. Bu muddat oralig‘ida jamoamiz oltita nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Dastlabki raqib “Qo‘qon-1912”. Uchrashuv 15 yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi Turkiyada o‘tkaziladi. “Bunyodkor” rejaga ko‘ra 5 fevral kuni Turkiyaga yo‘l oladi.

Bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etgan futbolchilar – Ravshan Yagudin, Sarvar Karimov, Zafar Safoyev, Suhrob Sultonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Bilol Tupliyev, Jahongir Abdusalomov, Usmonali Ismonaliyev, Dilshod Jo‘rayev, Muhammadodil Qahramonov, Dian Talxatov, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Umid Sultonov, Sanjar Rixsiboyev, Aziz Pirmuhammadov, Muzaffar Olimjonov, Xurshid Ubaydullayev, Bek Abdullayev, Alfayzi Ne’matov, Umarali Rahmonaliyev.

Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 15:32, 05.01.2022.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик