Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Yozda “Real”dan kim ketishi-yu, kim kelishi ma’lum

Yozda “Real”dan kim ketishi-yu, kim kelishi ma’lum

Baho:
+ | -

“Real Madrid” rahbariyati yozgi transfer bozori borasida bir qarorga keldi, deb xabar beradi AS. 

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” parijliklar hujumchisi Kilian Mbappeni tekinga qo‘lga kiritmoqchi, shuningdek, Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandni sotib olmoqchi. Bundan tashqari, Madrid klubi markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda, maqsadlardan biri – “Chelsi”dan Antonio Ryudiger, klub uni kuzatishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, “Real” yarimhimoyachisi Isko, himoyachi Marselo va hujumchi Garet Beylni ketishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu futbolchilarning shartnomalari yozda tugaydi va klub ular bilan shartnomani uzaytirmaydi. Shuningdek, “Real” himoyachi Xesus Valyexo va yarimhimoyachi Dani Sebalyos bilan xayrlashishga tayyor.

Kiritildi: 00:43, 06.01.2022.
O'qildi: 6948 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик