Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Ushbu transfer oynasida Premyer-liga grandlari kimlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi?

Ushbu transfer oynasida Premyer-liga grandlari kimlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi?

Baho:
+ | -

1 yanvar kuni Angliyada qishki transfer oynasi ochildi va oy oxirigacha davom etadi. Biz ingliz elitasi grandlari safiga kimlar kelib qo‘shilishi va kimlar ketishini tahlil qilib ko‘ramiz. Insayderlar yetakchi ommaviy axborot vositalari va boshqa nufuzli manbalarga tayangan holda ushbu tahlil tayyorlangan.

” Manchester Siti”

Maqsadlar: hujumchi.

Potensial yangi futbolchilar: Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”), Dushan Vlahovich (“Fiorentina”) va Darvin Nunes (“Benfika”).

Potensial sotuvlar: Natan Ake (“Vest Xem”), Koul Palmer (“Nyukasl”), Patrik Robers (“Sanderlend”) va Jeyms Makkarti (“Brayton” yoki “Aston Villa”).

O‘tgan yozda "Man Siti" Harri Keynni ta’qib qildi, ammo shartnomani yopa olmadi. Endi Xosep Gvardiolaning asosiy transfer maqsadi Xoland bo‘lib turibdi, uni yozda ham o‘ziga jalb qilish qiyin bo‘ladi. Qolaversa, norvegiyalik futbolchi Ispaniyaga ko‘chib o‘tish istagini bildirgan. Ehtimol, klub yo’nalishni muqobil variantlarga o‘tkazishi kerak.

“Chelsi”

Maqsadlar: yarim himoyachi, vinger va markaziy himoyachi.

Potensial yangi futbolchilar: Teo Ernandes (“Milan”), Serjinyo Dest (“Barselona”), Luka Din (“Everton”), Aureliyen Tchuameni (“Monako”), Jyul Kunde (“Sevilya”), Presnel Kimpembe (“PSJ”) va UYEsli Fofana (“Lester”).

Potensial sotuvlar: Ross Barkli (“Everton”), Antonio Ryudiger (“Real”, “Manchester Yunayted”, “PSJ” va “Bavariya”), Andreas Kristensen (“Milan” va “Barselona”).

Tomas Tuxelga Markos Alonsoning noaniq o‘yini va Ben Chilvellning jarohati tufayli chap qanot himoyachisi kerak.

“Liverpul”

Maqsadlar: yarim himoyachi.

Potensial yangi futbolchilar: Ross Barkli (“Chelsi”), Denis Zakariya (“Borussiya M”), Todd Kantvell (“Norvich”), Jon Svift (“Riding”) va Jeyms Maksvell (“Reynjers”).

Potensial sotuvlar: Divok Origi (“Yuventus”) va Nataniyel Fillips (“Vest Xem”, “Byornli” va “Nyukasl”).

Haqiqiy kuch uchun Yurgen Klopp jamoasida markaziy chiziqda ijrochilarning yuqori sifatli tanlovi yetishmayapti. Vaziyat jarohatlar, tig’iz taqvim va kovid tufayli og‘irlashmoqda.

“Arsenal”

Maqsadlar: hujumchi, yarim himoyachi va o‘ng qanot himoyachisi

Potensial yangi futbolchilar: Renatu Sanches (“Lill”), Serjinyo Dest (“Barselona”), Artur (“Yuventus”), Denis Zakariya (“Borussiya M”), Jorjinyo Veynaldum (“PSJ”), Aleksandr Isak (“Real Sosedad”), Deyan Kulushevski (“Yuventus”), Jonatan David ( “Lill”) va Dominik Kalvert-Lyuin (“Everton”).

Potensial sotuvlar: Pyer-Emerik Obameyang (“Al Hilol”, “Yuventus”, “Barselona” va “Nyukasl”), Eynsli Meytlend-Nayl (“Roma” va “Everton”), Edvard Nketiya (“Bayer”) va Sead Kolashinas (“Uotford”).

Hattoki, tarkibni shakllantirish borasida ham Mikel Arteta Gvardiolaga o‘xshaydi - "Arsenal" ham birinchi navbatda forvard izlashi kerak. Ispaniyalik murabbiyga endi Obameyang kerak emas. Nketia va Aleksandr Lyakazett esa shartnomalarini uzaytirishga shoshilmayapti. Tomas Partiga sherik kerak va Takexiro Tomiyasuda munosib o‘rinbosar yo‘q.

“Vest Xem”

Maqsadlar: hujumchi, markaziy va to‘liq himoyachilar.

Potensial yangi futbolchilar: Nataniyel Fillips (“Liverpul”), Natan Ake (“Manchester Siti”), Lloyd Kelli (“Bornmut”), Jonatan Devid (“Lill”), Ben Brereton (“Blekbern”) va Anvar El-G‘ozi (Aston Villa).

Potensial sotuvlar: Rayan Frederiks (“Bornmut”) va Andrey Yarmolenko (“Trabzonspor” va “Jenoa”).

"Tottenxem"

Maqsadlar: hujumchi, qanot himoyachisi, himoyachi va darvozabon

Potensial yangi futbolchilar: Nik Pope (“Byornli”), Yan Bednarek (“Sautgempton”), Arturo Vidal (“Inter”), Adama Traore (“Vulverxempton”), Deyan Kulushevski (“Yuventus”) va Dushan Vlahovich (“Fiorentina”) .

Potensial sotuvlar: Stiven Bergveyn (“Sevilya”), Dele Alli va Garri Uinks (ikkalasi ham “Nyukasl”).

Bu yerda hammasi oddiy: bu Antonio Kontening birinchi transfer oynasi. Italiyalik murabbiyning obro‘sini hisobga olsak, klub prezidenti Daniyel Levi qishda munosib miqdorda kapital ajratishi mumkin. Byudjet Konte ishlashni rejalashtirmagan futbolchilar hisobidan to‘ldiriladi.


“Manchester Yunayted”

Maqsadlar: yarim himoyachi.

Potensial yangilar: Julian Alvares (“River Pleyt”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Bubakar Kamara (“Marsel”), Deklan Rays (“Vest Xem”), Ruben Neves (“Vulverxempton”).

Potensial sotuvlar: Edinson Kavani (“Yuventus”, “Sevilya” va “Barselona”), Entoni Marsiyal (“Atletiko”, “Sevilya”), Din Xenderson (“Ayaks”), Jessi Lingard (“Nyukasl”), Fil Jons (“Benfika”) va Diogo Dalot (“Roma”).

"MYU" qishda bir nechta kirish transferini amalga oshirishi dargumon: olti oydan keyin yangi murabbiy paydo bo‘ladi, klub yozda ko‘p pul sarfladi. "Yunayted"ning asosiy harakatlari futbolchilarni sotishga qaratiladi.

“Lester”

Maqsadlar: markaziy himoyachi.

Potensial yangi futbolchilar: Mattias Vesino (“Inter”), Pontus Yansson (“Brentford”) va Abdul Mumin (“Vitoriya Gimaraysh”).

Potensial sotuvlar: UYEsli Fofana (“Chelsi”), Uilfred Ndidi («Real»), Hamza Choduri (“Nyukasl”) va Nampalis Mendi (“Galatasaroy”).

"Lester" bu mavsumda jarohatlar bilan band. Hozir kasalxonada Fofana, Jonni Evans, Chaglar Soyunju, Jeyms Jastin, Rayan Bertran va Rikardo Pereyra davolanyapti. Katta ehtimol bilan klub transfer bozoriga kiradi, lekin ijara shartnomalarini tuzadi.

Kiritildi: 14:19, 06.01.2022.
O'qildi: 4918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.