Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Roberto Karlos: «Amsterdamdagi o‘sha oqshomni unutmayman»

Roberto Karlos: «Amsterdamdagi o‘sha oqshomni unutmayman»

Baho:
+ | -

Afsonaviy braziliyalik himoyachi Roberto Karlos FourFourTwo nashriga bergan intervyusida hayotini o‘zgartirgan faoliyatidagi eng yaxshi va esda qolarli o‘yinlarini sanab o‘tdi.

1992 yil 25 mart. Braziliya «V» seriyasi. «Union San-Juan» - «Koritiba» - 1:0

- Bundan bir oy oldin AQSHga qarshi o‘yinda Braziliya terma jamoasidagi debyutimni nishonlagandim. O‘shanda atigi 18 yoshda edim, lekin hayotimda hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi. San-Paulu shtatidagi qishloqning kichik bir jamoasi - «Union San-Juan» safida bunga erishish haqiqatan ham o‘ziga xos narsa edi. 13 yoshimdan boshlab «Union»­da o‘ynaganman, shuning uchun xayrlashuv mavsumida ularni Braziliya «A» seriyasiga qaytarish men uchun katta ahamiyatga ega edi. Balki 1992 yil 25 martda urgan golim bo‘lmaganida, buning iloji bo‘lmasmidi. Havo juda issiq edi, lekin biz «Koritiba»ni mag‘lub etib, oliy divizion jamoalari qatoridan joy oldik. Shundan so‘ng «Palmeyras»ga ketdim va tez orada «Inter»da, Roy Xojson qo‘l ostida o‘ynay boshladim.

1998 yil 20 may. Chempionlar Ligasi. Final. «Yuventus» - «Real» - 0:1

- Agar «Real»dagi faoliyatimning biror lahzasini ajratib ko‘rsatishim kerak bo‘lsa, aynan shu o‘yinni tanlardim. Qizig‘i shundaki, uchrashuvdan oldingi kechada barchamiz ertalab soat to‘rtgacha uxlamay, mehmonxona qabulxonasida suhbatlashib, o‘tmishimiz haqida hikoya qilib o‘tirgandik. Chempionlar Ligasida anchadan beri g‘alaba qozona olmagandik, «Yuve» esa favorit hisoblanardi. Ammo tajribasiz jamoa bo‘lganimizga qaramay, barcha bahs va qo‘rquvlarni kiyinish xonamizda qoldirishga muvaffaq bo‘ldik. Biz «Real»ni yevrofutbolning eng yuqori pog‘onasiga - cho‘qqiga qaytardik. Ams­terdamdagi o‘sha oqshomni hech qachon unutmayman.

2000 yil 26 fevral. Ispaniya chempionati. «Real» - «Barselona» - 3:0

- Bu mening «El klasiko»da - «Barselona»ga qarshi o‘yindagi birinchi golim edi! 35 metr uzoqlikda belgilangan jarima zarbasini ijro etdim, Fransesk Arnau to‘pni qaytarolmadi. O‘sha uchrashuv barchamiz uchun unutilmas bo‘lib qoldi. Ayniqsa, menda g‘ayrat paydo bo‘ldi, chunki o‘yin oldidan jurnalistlarga bu safar Luish Figu meni e’tirof etishiga to‘g‘ri kelishini aytgandim. Bu chindan ham balandparvoz bayonot edi, lekin menga ish berdi. Bungacha «Barsa»ga qarshi o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsatolmagandim. Bundan tashqari, bir necha yil o‘tgach, Arnau mazkur uchrashuv uning faoliyatidagi burilish nuqtasi bo‘lganligini aytganini eslayman - shu goldan ke-yin Lui van Gal uni jamoaga boshqa qo‘ymadi. Afsuski, Arnau bu yil vafot etdi...

2002 yil 8 iyun. JCH-2002. Guruh bosqichi. Braziliya - Xitoy - 4:0

- Jahon chempionatida gol urish xuddi chempionlik qo‘lga kiritilgandek gap. 2002 yilda Xitoyga gol urganimdan keyin o‘zimni aynan shunday his qilganman. Tasavvur qiling, millionlab muxlislar siz bajargan ishni nishonlashmoqda! Bu aqlga sig‘maydi, o‘zimdan faxrlanib ketdim. Juninyo va Denilson tabriklagani yonimga kelishganida tabassumimni yashira olmadim. Menimcha, darvozabon to‘pning darvozasiga kirganini hatto ko‘rmagan! Biz bu turnirga katta bosim ostida borgandik - 1998 yildagidek finalga chiqib yana mag‘lub bo‘lishni hazm qilolmasdik. Bu Fransiyaga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizligimiz uchun o‘zimizni tiklash va yana jahon chempio­ni bo‘lish imkoniyatimiz edi. Menimcha, maqsadga erishish tuyg‘usini tasvirlash uchun hech qachon so‘z topilmaydi. Biz juda katta reja qo‘ygandik va hali ham bu turnirda g‘alaba qozongan Braziliya termasining so‘nggi jamoasimiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 07.01.2022.
O'qildi: 5930 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.