Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Nima uchun «Tottenxem» Ugo Lyoris bilan shartnomani uzaytirishi kerak?

Nima uchun «Tottenxem» Ugo Lyoris bilan shartnomani uzaytirishi kerak?

Baho:
+ | -

Faxriy futbolchi hozir 35 yoshda, ammo baribir Angliya Premyer-ligasida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish qilmoqda.

Bu yoz Ugo Lyorisning «Lion»dan «Tottenxem»ga o‘tganiga o‘n yil to‘ladi. Ayni o‘sha pallada darvozabonning «shporlar» bilan tuzgan shartnomasi ham tugaydi va u o‘zi uchun qadrdon bo‘lib qolgan Londonni tark etishi mumkin. Bu vaqt ichida fransuz darvozaboni «Tottenxem» safida barcha turnirlarda deyarli 400 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan qariyb 150 tasida gol o‘tkazib yubormasdan msydonni tark etgan.

Yanvar oyidagi transfer oynasi ochilishi bilan Ugo Loris uning xizmatlariga qiziqqan istalgan klub bilan muzokara olib borishi mumkin bo‘ladi. Bunga darvozabonning shartnomasi olti oydan kamroq vaqt ichida tugashi sabab, endilikda Ugoda «shporlar» lagerida qolishiga kafolat yo‘q.

Yaqinda jurnalistlar Lyoris bilan hamkorlikni uzaytirish mumkin bo‘lgan vaziyatga izoh berishni so‘ragan «Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte aniq fikr bildirmadi.
“Ko‘ramiz, lekin menimcha, Ugo «Tottenxem» uchun hech qachon muammo bo‘lmaydi. Lyoris bizning sardorimiz, shuningdek, u ko‘p yillarini «shporlar» lagerida o‘tkazgan futbolchi va biz uni jamoada, tarkibda va kiyinish xonasida ko‘rganimizdan juda xursandmiz«, - dedi Konte.

Lyoris oxirgi marta 2016 yilning dekabrida «Tottenhem» bilan shartnomani qayta imzolagan edi. O‘shandan beri, fransiyalik futbolchi sifatli o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, klub shartnomani yangilash bo‘yicha takliflardan o‘zini tiydi. O‘tgan yilning sentyabr oyida Ugodan shartnoma bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirishni so‘rashganda, darvozabon bu masalada rahbariyat bilan aloqasi yo‘qligini aytdi.

Shu munosabat bilan shuni esda tutish kerakki, «Tottenxem» rahbarlari yoshi katta futbolchilariga uzoq muddatli shartnomalar taklif qilishga unchalik moyil emaslar. 30 yoshga to‘lganidan so‘ng, qoidaga ko‘ra, shporlar bir yillik shartnomalar tuzishni afzal ko‘rishadi, agar ular uzoqroq shartnomalar imzolashsa, keyingi transferni ko‘zlaydilar. Misol uchun, xuddi shunday holat belgiyalik markaziy himoyachi Tobi Alderveyreld bilan sodir bo‘ldi, u bilan shporlar 2019 yil oxirida - 2023 yilning yoziga qadar yangi shartnoma tuzdilar. Biroq shporlar tarkibida tajribali himoyachi bu davrning yarminigina o‘tkazdi, keyin esa Qatarning «Al-Duhayl» jamoasiga foydali tarzda sotib yuborildi.

Qolaversa, «Tottenxem» rahbariyatida Lloris bilan hamkorlikni uzaytirish borasida, hatto kelishuv summasi bo‘yicha ham o‘zgarish qilish imkoniyati yo‘qligini tushunish kerak. Uzoq vaqt davomida Ugo jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchisi edi. Keyinchalik Harri Keyn va Tanguy Ndombele ham o‘zlarining "yog‘li" shartnomalarini olishdi va bu uch nafari endi shporlarning maosh ro‘yxatida birinchi o‘rinda turishibdi.

Ma’lumki, «Tottenxem» prezidenti Deniyel Levi imkon qadar deyarli hamma narsada tejashni juda yaxshi ko‘radi. Shu sababli, Lyorisni klubni tark etishi va anchagina pul tejalishi Leviga yoqib tushishi mumkin. Biroq, u Lyorisning londonliklarga qanchalik sodiqligini bilishi kerak. Misol uchun, Kayl Uoker va Kristian Eriksen boshqa klublarga o‘tishni talab qilib, sovrinsiz o‘tirishni orzu qilgan vaziyatlarda fransuz darvozaboni xotirjam va sodiq qoldi, buning uchun ko‘p jihatdan o‘zining katta maoshini oldi.

Xulq-atvori jihatidan Lyoris ham amalda namunali mutaxassis. Uning yagona «parvozi» 2018 yilda, Ugo mast holda mashina haydab ushlanganida sodir bo‘lgan. Ammo Lyorisni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilish va 600 ming funt jarimaga tortgan saboqdan futbolchi to‘g‘ri xulosa chiqardi va kelajakda unga o‘xshash hech narsa qayta sodir bo‘lmadi.

Angliya premyer-ligasining amaldagi darvozabonlari orasida faqatgina «Uotford»dan Ben Foster va «Manchester Yunayted»dan David De Xea «seyv»larda Ugo Lyorisdan ustun keladi. Shu bilan birga, fransiyalik futbolchi qaytarilgan penaltilar soni bo‘yicha eng yaxshi.

Aslida, Ugo Lloris zamonaviy «Tottenxem»ning tirik afsonasi. U jamoada beshta murabbiy: Andre Villash-Boash, Tim Shervud, Maurisio Pochettino, Joze Mourino, Nuno Espirito Santolar bilan ishlagan yagona futbolchi bo‘lib, hozirda Antonio Konte qo‘l ostida harakat qilmoqda.

Ochig‘ini aytganda, «Tottenxem» allaqachon Lyorisni almashtirishga urinib ko‘rdi, 2021 yilning yozida u «Atalanta»dan Perluidji Gollini ijaraga olgan edi, lekin u kerakli taassurot. Shu boisdan Konte Lyorisni kamida yana bir mavsumga jamoada olib qolishni istaydi, garchi hozir Londonni tark etib, yangi ish qidirish Ugoning o‘ziga ham tavsiya etilmaydi. Va manfaatlar birlashganda, yangi kelishuvni kutishga arziydi…

Kiritildi: 15:50, 07.01.2022.
O'qildi: 1395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.