Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Afrika Millatlar kubogini tomosha qilishingiz uchun asosiy 5 ta sabab

Afrika Millatlar kubogini tomosha qilishingiz uchun asosiy 5 ta sabab

Baho:
+ | -

Afrika kubogi 9 yanvar kuni boshlanadi va uni ko‘pchilik futbol muxlislari intiqlik bilan kutmoqda. “Stadion.uz” nashri turnirni nima uchun tomosha qilish kerakligini haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildi.

 

Yulduzli ko‘cha futboli

Futbol borgan sari o‘ta pragmatik shouga aylanib bormoqda, bu yerda natija birinchi o‘ringa chiqadi. Garchi hamma terma jamoalar Afrika kubogida g‘alaba qozonishni istasa-da, juda ko‘p mahalliy futbolchilarga taktik mahorat, intizom yetishmasligi ko‘zga tashlanadi. Shu sababli, ko‘pincha turnirdagi ba’zi o‘yinlar juda qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘ladi. Ba’zida uchrashuvlar yaxshi ma’noda ko‘cha futboliga o‘xshab ketadi. Bundan tashqari, jahon darajasidagi yulduzlarning mavjudligi bu harakatga o‘ziga xos lazzat beradi. Shu tufayli Afrika kubogi juda qiziqarli va natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan turnirlar sirasiga kiradi.

 

Saloh va Manening dueli

Muhammad Saloh va Sadio Mane “Liverpul”ning daxshatli hujum triosining ikki a’zosi bo‘lib, klubga Chempionlar ligasi g‘alabasini va uzoq kutilgan Premyer-liga g‘olibligini keltirgan. Hozirda misrlik futbolchi senegallik jamoadoshidan ancha kuchli ko‘rinadi. Vaholanki, yaqin vaqtgacha Mane mersisaydliklar safida yomonroq o‘ynin ko‘rsatarli va Salohni o‘yinini yuqori baholangani Sadio uchun biroz tashvishli ko‘rinardi. Senegallik futbolchi “Liverpul”dan ketishga ham harakat qildi. Lekin, ingliz klubi Maneni sotishni istamadi va natijada afrikaliklar klubda birga o‘ynashda davom etishdi. Lekin Afrika kubogi - Mane Salohni bir-birini “dushman”ga aylantiradigan turnir. Har ikki futbolchi ham o‘z terma jamoasini musobaqa g‘olibligi uchun yetaklaydigan futbolchilar hisoblanadi. “Liverpul”ning ikki hujumchisi bo‘lajak turnirning katta intrigasi deb qaralmoqda.

 

Oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan turnir

 

Afrika kubogi natijalarini oldindan aytib bo‘lmaydigan musobaqa hisoblanadi. Qit’ada tarkibida eng yaxshi yulduzlar bo‘lgan jamoalar yetarli bo‘lsa-da, autsayderlar ko‘pincha hal qiluvchi bosqichga yetib boradilar. 2012 yilda Zambiya terma jamoasi kutilmaganda musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, 2013 yilda Burkina-Faso jamoasi finalga chiqdi. Qolaversa, 2015 yilda Ekvatorial Gvineya yarim finalga chiqishni uddalagan. Joriy mavsum musobaqasida 24 ta jamoa ishtirok etadi, demak, qora qit’ada bo‘ladigan bu turnir ham sensasiyalardan xoli emas.

 

Yangi terma jamoalar

Afrika kubogi - bu yulduzlar ko‘p bo‘lgani uchun siz ko‘rmoqchi bo‘lgan turnir. Qolaversa, bu turnir ko‘pchilikka unchalik yaxshi tanish bo‘lmagan jamoalarni ko‘rish imkoniyati hamdir. Komor orollari, Gambiya, Malavi, Mavritaniya, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, Serra-Leone kabi milliy terma jamoalari shu kabilar jumlasidandir.

 

Yangi nomlar

Afrika kubogi an’anaviy tarzda yangi nomlarni ochib beradigan turnirdir. Bu faqatgina fuutbol skautlar uchun emas, qolaversa ko‘plab tomoshabinlar uchun ham yangi futbolchilar kashf qilindi. Kadrlar taqchilligi tufayli mahalliy jamoalar ba’zida turnirga juda yosh futbolchilarni taklif qilishadi. Masalan, Kamerundagi musobaqada Shveysriyaning “Sion” yoshlar jamoasi a’zosi bshlgan Gvineya-Bisau terma jamoasi hujumchisi qatnashsa, Tunis terma jamoasi esa “Manchester Yunayted”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Annibal Mejbrini tarkibga chaqiradi. Afrika kubogiga birdaniga ikkita 17 yoshli, besh nafar 18 yoshli va o‘n olti nafar 19 yoshli o‘smir yo‘l oladi! Yangi Saloh, yangi Obameyang va yangi Manelarni ilk bor mazkur turnirda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:04, 07.01.2022.
O'qildi: 5486 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.