Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedovda dastur bormi?

O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedovda dastur bormi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2021 yil tarixda qoldi. U har birimiz uchun o‘ziga xos tarzda o‘tdi. Omadli yoki unchalik emas. Har birimiz yilni o‘zimizcha yodga olamiz. Afsuski, barchamiz ortda qolgan yilni O‘zbekiston termasining JCH saralashidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki bilan eslaymiz. Zero, milliy jamoamiz bosh turnirga chiqish kurashini hech qachon bu qadar erta yakunlamagandi. Ushbu omadsizlikda o‘zimizdan boshqasini ayblolmaymiz. Xususan, barchasini «qutqaruvchi murabbiy» ixtiyoriga topshirdik, u esa, yumshoq qilib aytganda, vazifani bajarolmadi. Boshqa tomondan, futbolchilar ham faoliyatlaridagi eng asosiy o‘yinlardan birida bor kuchlarini sarflay olishmadi. Eng yomoni, futbolimiz jamoatchiligi orasida shunday muvaffaqiyatsizlikni kutganlar topildi. Kutishdi, chunki rahbarlar almashishini kutishdi. Ushbu piramidada yuqoriroqqa chiqishga umid bog‘lashdi. Ularning kutishgani bo‘lmadi, shunga qaramay, termamizning yangi omadsizliklarini kutish uchun o‘z pozisiyalarida qolishdi.

Yil oxirida futbolchilik faoliyatini endigina yakunlagan Odil Ahmedov O‘FA Ijroiy qo‘mitasi a’zoligiga tayinlandi (aynan tayinlandi, Nizomga muvofiq esa, saylanishi kerak edi). Milliy jamoamiz sobiq sardorining O‘FAda ish boshlashi - futbolga aloqador kishilarni boshqaruv tizimiga jalb etish tendensiyasining uzviy davomi. Bu yaxshi. Zero, rahbariyatdagi havaskorlarning mutaxassislar fikrini inobatga olmasliklari nimalarga olib kelishini ko‘rib ulgurdik. Sobiq futbolchilarning federasiyasida paydo bo‘lishlari faqat bizga xos emas. Zbignev Bonek Polsha FFni boshqarmoqda, Samuel Eto`O yaqindagina Kamerun FF prezidenti sifatida ish boshladi. Ammo ular ushbu lavozimlarga saylovlar orqali erishishdi, ehtimol, o‘z dasturlarini taqdim etishgan. Ahmedovda ham qandaydir dastur bormi? Balki, bordir. Har holda, uning ortida muayyan bir jamoa bor. Mazkur holatda ushbu jamoaning nechog‘li bilimga ega ekanligi, qanchalik ob’ektivligi alohida mavzu. Ammo bu savollarga javoblar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Yangi jamoa ixtiyorida 4 yil bor, ya’ni navbatdagi JCH saralashigacha. Hozir nima qilishmasin, yakuniy baho 2025 yilda beriladi.

Sizlarga esa, sabr tilayman, shu yerda va hozirning o‘zida futboldan zavq oling. 2022 yil qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Yangi yilingiz bilan! Yangi baxt bilan!

Alisher NIKIMBAYEV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 08.01.2022.
O'qildi: 3578 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.