Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Rasman! Predrag Rogan - «Dinamo» bosh murabbiyi!

Rasman! Predrag Rogan - «Dinamo» bosh murabbiyi!

Baho:
+ | -

2022 yilgi Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov hamda klub bosh homiysi «Agromir Buildings» taklifiga ko‘ra, «Dinamo» PFK jamoasi bosh murabbiyligiga xorijlik mutaxassis taklif etildi. Serbiyalik Predrag Rogan «Dinamo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 47 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik murabbiy tez orada klub mashg‘ulotlariga kelib qo‘shiladi.

Shuningdek, yugoslaviyalik sobiq futbolchi, so‘nggi yillarda Serbiya yoshlar jamoasida (U-19) murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ivan Yevich «Dinamo» klubida Predrag Roganga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. 46 yoshli mutaxassis jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, Predrag Rogan 1974 yilning 2 avgust kuni Serbiyada tug‘ilgan. UYEFAning «Pro» lisenziyasiga ega mutaxassis 2011 yildan buyon murabbiylik faoliyatini yuritib kelmoqda. Xususan, u Serbiyaning «Rad» (2011 yil), «FK Palich» (2013), «Zemun» (2014), «Machva» (2015), «Bachka Topola» (2018), «Spartak Subotnisa» (2018), «Napredak» (2019), «Uypesht» (Vengriya, 2020) jamoalarini boshqargan. So‘nggi 2021 yilda esa Serbiya Superligasi vakili «Vojvodas» klubini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» klubi 5 yanvardan buyon Samarqandda yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda. Jamoa bir qator futbolchilar bilan muzokara o‘tkazmoqda. Shartnoma imzolangach, bu borada rasman ma’lum qilinadi.

Manba: Динамо матбуот хизмати
Kiritildi: 16:51, 08.01.2022.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.