Moskvaning "Lokomotiv" klubi sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich Polsha terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri, deb xabar beradi "Sport.pl".
Biroq bu lavozimga asosiy nomzod – Fabio Kannavaro. U allaqachon terma jamoa vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazib, o‘zaro shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Dekabr oyida Paulo Souza jamoani tark etgandan so‘ng, Polsha murabbiysiz qolgandi.