Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon «Kaka» Ahmadaliyevning (10-0, 7 KO) navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda BoxingScene xabar qilmoqda.

IBF tashkiloti Ahmadaliyev va mazkur toifada majburiy da’vogar filippinlik Marlon Tapales (35-3, 18 KO) o‘rtasidagi jangni tashkil qilish borasida qaror chiqargan. Har ikki tomon vakillariga o‘zaro kelishuvga erishish uchun 2 fevralga qadar muhlat berilgan. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, jang tashkilotchisi auksion orqali aniqlanadi.

Tapales so‘nggi jangini 2021 yil 11 dekabrida yaponiyalik Hiroaki Teshigavaraga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Bu orqali filippinlik bokschi IBF kamari uchun majburiy da’vogarga aylangan. Avvalroq u Ahmadaliyevning sobiq raqibi Ryosuke Ivasaga imkoniyatni boy bergandi.

Ahmadaliyev so‘nggi jangini 2021 yilning 19 noyabrida Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Qayd etish kerak, IBF qo‘ygan shartga ko‘ra, hech bir bokschi jang bo‘lib o‘tadigan sanaga qadar boshqa jang uchun shartnoma tuzishi taqiqlanadi. Bu esa Ahmadaliyevning barcha kamarlarni birlashtirish istagini ortga suradi. Shu tariqa Murodjon va WBC hamda WBO kamarlari egasi Stiven Fulton (20-0, 8 KO) o‘rtasidagi jang yaqin orada o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, 2022 yilda Fultonni ham majburiy himoya jangi kutib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:14, 09.01.2022.
O'qildi: 3886 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик