Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

A Seriya. "Yuventus" "Roma" maydonida fantastik kambek amalga oshirdi

A Seriya. "Yuventus" "Roma" maydonida fantastik kambek amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan markaziy "Roma" – "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. "Olimpiko" stadioni mezbonlik qilgan o‘yinda turinliklar 4:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Dastavval, Abraxam o‘yinning 7-daqiqasida hisobni ochdi. Bu golga Dibala tezkorlik bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Mxitaryan va Pellegrini kiritgan gollar evaziga "bo‘rilar" hisobda ishonchli ko‘rinishda oldinga chiqib olgan edi. Ammo o‘yin yakunida qandaydir 7 daqiqa ichida "keksa sinyora" 3 bor gol urib, Rimdan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

Shuningdek, o‘yinning ikkinchi bo‘limning 81-daqiqsida o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan De Ligt ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi. Penaltidan "Roma" sardori Lorenso Pellegrini unumli foydalana olmadi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 71-daqiqada Afena-Gyan o‘rniga maydonga tushirildi.

Italiya chempionati, 21-tur

"Roma" – "Yuventus" – 3:4

Gollar: Abraxam, 11 (1:0). Dibala, 18 (1:1). Mxitaryan, 48 (2:1). Pellegrini, 53 (3:1). Lokatelli, 70 (3:2). Kulushevski, 72 (3:3). De Shilyo, 77 (3:4)

Foydalanilmagan penalti: Pellegrini, 83

Roma: Ruy Patrisiu, Smolling, Kristante, Rodjer Ibanyes, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Peres, 78), Pellegrini (Mayoral, 87), Meytland-Nayls, Abraxam, Afena-Gyan (Shomurodov, 71)

Yuventus: Shensni, De Shilyo, Rugani, de Ligt, Kuadrado, Lokatelli, Bentankur (Artur, 64), Makkenni, Kyeza (Kulushevski, 32), Kin (Morata, 64), Dibala (Kyellini, 82)

Ogohlantirishlar: Veretu 50, Rodjer Ibanyes 51, Kristante 76 - Kuadrado 45, de Ligt 52, Lokatelli 65

Chetlatish: de Ligt 81 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:42, 10.01.2022.
O'qildi: 3413 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик