Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchi Serj Gnabri bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirmoqchi. Tomonlar muzokaralarning ilg‘or bosqichida, deb xabar beradi "Bild".
Joriy mavsumda 26 yoshli germaniyalik futbolchi Bundesligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan.
Avvalroq, "Bavariya" hujumchi Kingsli Koman bilan shartnomani xuddi shunday muddatga uzaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.