Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

“Milan”ga hujumchi kerak. Asosiy nomzodlar bilan tanishamiz

“Milan”ga hujumchi kerak. Asosiy nomzodlar bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

“Milan”ning asosiy ikki markaziy hujumchisi 75 yoshda. Olivye Jiru 35, Zlatan Ibragimovich 40 yoshda. “Monako”dan ijaraga olingan Pyetro Pellegri ham bor, lekin hali undan to‘liq o‘ynatmayapti. Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi A seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi. “Qizil-qoralar” uni to‘liq sotib olishlari dargumon.

Ibragimovich ketma-ket ikkinchi yil “Milan”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelmoqda, biroq shved futbolchisi avvalgidan ko‘proq jarohat olmoqda. “Rossonerilar” raqobatbardoshlikni saqlab qolishni istasa, hujum chizig‘ini yoshartirishi va kuchaytirishi kerak. Bunda ularga ba’zi o‘yinchilar yordam berishi mumkin.

 

Andrea Belotti
Klub: “Torino”
Yoshi: 28 yosh

Belotti Italiyada eng ko‘p tilga olinadigan futbolchilardan biri. Yozda u erkin agentga aylanadi va hozirda boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. “Torino” mavsum oxirida eng yaxshi to‘purarini qo‘ldan chiqarishi mumkinligini tasdiqladi. Ammo, bu mavsumda Andrea oldingi yillardagidek samarali emas, lekin u hamon transfer bozoridagi muhim figura bo‘lib qolmoqda.

Eng muhimi, u Italiyani tark etishni istamayapti. Uzoq vaqt davomida “Milan” futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblangan. So‘nggi paytlarda “rossonerilar”ning San-Sirodagi qo‘shnilari ham futbolchini yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritish uchun kurashish niyatida ekani xabar qilinmoqda. Belotti har qanday italyan klubi hujumini kuchaytirish uchun yaxshi variant va “qizil-qoralar” bundan mustasno emas.

 

Jonatan Devid
Klub: “Lill”
Yoshi: 21 yosh

So‘nggi paytlarda Devid bilan bog‘liq shov-shuvli xabarlar tarqalmoqda. Buni tushunish mumkin, chunki kanadalik yosh iqtidor “Lill”da o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 27ta o‘yin o‘tkazib, 16ta gol urgan. “Milan” uchun yosh va tirishqoq hujumchi juda foydali bo‘lardi, lekin ko‘plab top-klublar ham unga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Biroq, Jonatanning agenti yaqinda mijozi joriy mavsum yakunlangandan so‘ng “Lill”ni tark etishini e’lon qildi. Devidning agenti o‘yinchi uchun “Chelsi”, “Liverpul” va “Barselona” kabi klublarning taklifi qiziq tuyulmoqda deb aytgan, ammo bu uning uchun boshqa hech kim raqobatlasha olmaydi degani emas. “Rossonerilar” kanadalik futbolchini qo‘lga kiritish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak.

 

Aleksandr Isak
Klub: “Real Sosyedad”
Yoshi: 22 yosh


Isak Yevropa chempionatidan keyin ko‘plab klublarning e’tiborini tortdi. Hozirga kelib, futbolchi atrofidagi shov-shuv biroz bosilgan, ammo mish-mishlar butunlay to‘xtagani yo‘q. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Arsenal” yosh shvedni bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. “Milan” ham bu futbolchiga etibor qaratishi kerak.

Isak yosh va umidli hujumchi hisoblanadi. Bir yarim mavsumda u La Ligada 21 ta gol urdi. Bunday futbolchilar “qizil-qoralar”ga kerak bo‘lishi mumkin. Hujumchi uchun kurashda “rossonerilar” uchun plyus tomoni tarkibda Ibragimovichning borligi bo‘lishi mumkin. Ibra o‘z vatandoshini qanoti ostiga olib, o‘zining vorisi qilishi mumkin. Isak uchun “Milan”ga o‘tish oldinga qadam bo‘lishi, shuningdek, Chempionlar ligasida o‘ynash va Skudetto uchun kurashish imkoniyati bo‘lishi mumkin.

 

Luis Muriel
Klub: “Atalanta”
Yoshi: 30 yosh


Muriel yosh futbolchi emas. Lekin, bu deyarli har qanday italyan klubi uchun tayyor hujumchi. Luis A seriyada yaxshi o‘ynayapti va ko‘proq o‘yin maliyotiga loyiq. Bunday forvard uchun har bir o‘yinda bir taym yoki undan ham kamroq o‘ynag yaxshi ko‘rsatkich emas. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumda kolumbiyalik futbolchi Italiya chempionatida 22 ta gol urib, har bir o‘yinda o‘rtacha 40 daqiqani maydonda o‘tkazgan.

Muriel “Milan”da ko‘proq o‘ynashi mumkin. Albatta, “Atalanta” o‘z hujumchisini chempionatdagi raqibiga berishi dargumon, ammo “rossonerilar” harakat qilishi mumkin. Uning kelishi bilan “qizil-qoralar” hujumda samaraliroq va kuchliroq o‘ynashi mumkin.

 

Divok Origi
Klub: “Liverpul”
Yoshi: 26 yosh


Origi  — “Liverpul”da omadsizlikka uchragan ajoyib hujumchi. Yurgen Klopp belgiyalik futbolchini kam maydonga tushiradi, ammo shu bahslarda ham maksimal tarzda gol urishni uddalaydi. Ammo, baribir zahira o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. Hujumchi o‘ynashga loyiq. Italiya chempionatidan futbolchiga katta qiziqish bo‘lmoqda. Futbolchini “Yuventus”, “Atalanta”, “Inter” va “Milan” klublari kuzatib bormoqda. “Neradzurrilar” forvardga asosiy davogar hisoblanishadi, ammo “rossonerilar” ham Divok uchun kurashishi mumkin. “Qizil-qoralar”ning sobiq yarimhimoyachisi Demetrio Albertini ham xuddi shunday fikrda. Italiyalik futbolchining fikricha, Origi A seriyaga tezda moslashadi va ko‘p gol uradi.

 

Dushan Vlaxovich
Klub: “Fiorentina”
Yoshi: 21 yosh

Vlaxovich hozirda nafaqat A seriyada, balki jahon futbolida ham eng ko‘p tilga olinadigan futbolchi hisoblanadi. Birinchidan, serb 5 oy ichida erkin agentga aylanishi mumkin. Ikkinchidan, u Italiya chempionatining joriy mavsumdagi to‘purari bo‘lib, eng yaqin taqibchisi Chiro Immobileni 3 ta gol farqi bilan ortda qoldirmoqda.

Bir tomondan, “Milan” uchun PSJ, “Manchester Siti” kabi klublar bilan o‘yinchi uchun kurashish qiyin bo‘ladi. Ammo “rossonerilar”ning yosh hujumchiga taklif qiladigan narsasi bor: Chempionlar ligasi, skudetto uchun kurash, chempionlik, asosiy tarkibdan kafolatlangan joy. Bunday holatda Ibragimovichni ikkinchi futbolchiga aylantirishga tushirishga to‘g‘ri keladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 19:12, 11.01.2022.
O'qildi: 3530 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.