Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Koutinyo “Aston Villa”da! U qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum (foto)

Koutinyo “Aston Villa”da! U qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum (foto)

Baho:
+ | -

Angliya klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, “Barselona”dan “Aston Villa”ga o‘tgan yarimhimoyachisi Filippe Koutino Birmingemga yetib keldi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi allaqachon klubning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi Aston Villada qaysi raqamda o‘ynash bo‘yicha ham qaror qabul qildi. Koutinyo orqasida 23-raqam bilan o‘ynaydi.

Oldinroq Koutinyo 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Manchester Yunayted” bilan Angliya Premyer-ligasining 22-tur uchrashuvida “sherlar” safida debyut qilishi mumkinligi malum bo‘lgandi.

Ommaviy axborot vositalarida futbolchi bilan tuzilgan bitimda qaytarib sotib olish opsiyasi borligi haqida xabar berilgan. “Barselona” braziliyalik futbolchining maoshining bir qismini to‘laydi. Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” bosh murabbiyi Stiven Jerrard va Koutinyo “Liverpul”da birga o‘ynashgan.

Kiritildi: 02:00, 12.01.2022.
O'qildi: 6014 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик