Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Ispaniya superkubogi. «Barselona» - «Real». Prevyu

Ispaniya superkubogi. «Barselona» - «Real». Prevyu

Baho:
+ | -

Ispaniya superkubogi 3 yildan buyon mini-turnir ko‘rinishida o‘tkazib kelinmoqda. Bu galgi musobaqada "Barselona", "Real Madrid", "Atletiko" va "Atletik Bilbao" klublari ishtirok etishadi. Jamoalar dastlab yarim final bosqichini o‘tkazishsa, g‘olib klublar sovrin uchun finalda to‘qnash kelishadi.

Musobaqa Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi "Qirol Fahd" nomli stadionda o‘tkaziladi.

"Barselona" - "Real" Madrid
12 yanvar, chorshanba, 23:59, "Qirol Fahd" nomli stadion
Bosh hakam - Munuera Montero

So‘nggi natijalar

Kataloniyaliklar boshqaruvida noyabr oyida o‘zgarish yuz berdi. Kuman iste’foga chiqarilib, Xavi bosh murabbiyga aylandi. "Ko‘k-anorranglilar" yangi mutaxassis qo‘lostida barcha musobaqalar doirasida 12ta o‘yinda ishtirok etib, 5ta g‘alaba, 4ta durang va 3 mag‘lubiyat qayd etishdi. Xavi tajriba va yoshlikni uyg‘unlashtirgan holda kelajak jamoasini qurishga harakat qilmoqda.

"Barselona" La ligada 32 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Ispaniya kubogida nimchorak finalga chiqqan bo‘lsa, xalqaro arenada o‘z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettiradigan bo‘ldi (raqib — "Napoli").

"Real"ning natijalari esa juda yaxshi. Karlo Anchelotti bosh murabbiy lavozimiga qaytganidan so‘ng raqiblar fonida natijalar ancha yaxshi bo‘lmoqda. Qishki ta’tildan keyin jamoa 3ta o‘yin o‘tkazdi. "Qirollik klubi" kutilmaganda "Xetafe"ga imkoniyat boy berib qo‘ydi. Shundan keyin "qaymoqranglilar" Ispaniya kubogi doirasidagi bahsda g‘alaba qozonib, ketidan "Valensiya"ni tor-mor etishdi (4:1).

"Real" 49 ochko bilan Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa yaqin ta’qibchisi "Sevilya"dan 5 ochko oldinda, ammo "galaktikos" bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan.

Tarkiblarning holati

"Barselona" Superkubokda Breytueyt, Vage, Garsiya, Demir va Serxi Robertoning xizmatidan foydalana olmaydi. Ansu Fati va Frenki De Yong jamoa bilan Saudiya Arabistoniga yetib borgan. Ammo ularning "Real"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.

Karlo Anchelotti esa bu borada jiddiy muammolarga ega emas. Faqat Garet Beyl va Mariano Dias Madridda qolishdi.

Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Ter Shtegen - Alba, Pike, Lengle, Alves - Gavi, Buskets, De Yong (Niko) - Dembele, Depay, Yutgla

"Real": Kurtua - Karvaxal, Militao, Alaba, Mendi - Modrich, Kazemiro, Kroos - Asensio, Benzema, Vinisius

Qiziq faktlar

— So‘nggi 4ta "el-klasiko"da "Real" g‘alaba qozondi;
— "Barselona" so‘nggi 6ta o‘yinda yutqazmayapti;
— "Real" so‘nggi 19ta bahsning 17tasida mag‘lub bo‘lmagan;
— "Real" so‘nggi beshta o‘yinda 9ta gol urib, 4ta gol o‘tkazgan;
— "Barselona" so‘nggi beshta o‘yinda 8ta gol urib, 5ta gol o‘tkazgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:00, 12.01.2022.
O'qildi: 11342 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.