Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Qo‘qon-1912" yig‘inida yangi futbolchilar paydo bo‘ldi

"Qo‘qon-1912" yig‘inida yangi futbolchilar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -


"Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqich mashg‘ulotlarini boshlashdi. Jamoamizning bu bosqichdagi mashg‘ulotlari Toshkent shahrida olib borilishi haqida avval xabar bergan edik. Kecha Toshkent shahrida yig‘ilgan futbolchilarimiz kechki payt bir mahal mashg‘ulot o‘tkazishgan bo‘lsa, bugundan mashg‘ulotlar ikki mahaldan olib boriladi. Kunning birinchi yarmida trenajyor zalida , kunning ikkinchi yarmida esa "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda to‘p bilan mashg‘ulotlar olib boriladi.

Jamoa tarkibi asta - sekinlik bilan mukammallashtirib borilmoqda. Toshkentdagi yig‘inda jamoamizning yetakchilari Murod Xomuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziyev, Oybek Rustamovlar bilan birga tarkibga  bir qator yangi futbolchilar ham qo‘shilishdi. Qarshining "Nasaf", Bekobodning "Metallurg" jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan yarim himoyachi Dilshod Rahmatullayev,  jamoamiz muxlislariga tanish bo‘lgan yarim himoyachi  Sobit Sindarov, shunigdek hujumchi San’at Shixovlar "shunqorlar"ning mashg‘ulotlarida ishtirok etishyapti.

Manba: “Қўқон-1912” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 13:11, 12.01.2022.
O'qildi: 1748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик