Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Dilshod Jo‘rayev: “Katta futbolga “Bunyodkor” orqali qadam qo‘yganman”

Dilshod Jo‘rayev: “Katta futbolga “Bunyodkor” orqali qadam qo‘yganman”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha yarim himoyachi Dilshod Jo‘rayev “Bunyodkor” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani haqida ma’lumot bergan edik. Biz futbolchimizning fikrlari bilan qiziqdik.

- Katta futbolga aynan “Bunyodkor” orqali qadam qo‘yganman. Aynan shu jihat jamoaga qaytishimga asosiy sabab bo‘ldi. Ich-ichimdan “Bunyodkor”ga qaytishni istadim. Yana bir sabab shuki, AGMK safida o‘zim xohlagandek o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadim. Futbolchi o‘sishi uchun maydonga tushishi kerak. Bu muhim jihat. Qolgan narsalar ikkinchi darajali bo‘lishi lozim.

“Bunyodkor”ga klub direktori Ulug‘bek Mirzayev va bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov taklif qildi. Ularning bu ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman va umid qilamanki, o‘z o‘yinlarim bilan bildirilgan ishonchni to‘liq oqlayman!

Jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladim. O‘ylashimcha, uzoq yillik shartnomalar futbolchi uchun ham klub uchun ham foydali bo‘ladi.

Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 18:07, 12.01.2022.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик