Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Turon" mashg‘ulotlari davom etmoqda, tarkibda o‘zgarishlar bor

"Turon" mashg‘ulotlari davom etmoqda, tarkibda o‘zgarishlar bor

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Hozirga kelib shartnomasi yakunlangani bois bir qator futbolchilar jamoamizni tark etishdi. Jumladan Fozil Musayev, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Hojiakbarov, Akmal Ortiqov, Jahongir Mehmonov, Sunnatilla Ermatov, Sunnatilla Abdullajonov, Davron Umirov, G‘iyos Komilov, Ixtiyor Toshpo‘latov va legioner futbolchilar Sinisha Babich, Dayan Ponyevichlar bilan do‘stona tarzda xayrlashildi. Shuningdek, iste’dodli futbolchi Bilolxon Toshmirzayev ijara asosida "Qo‘qon-1912" klubi safiga qo‘shildi.

O‘tgan mavsumlarda jamoamiz safida o‘ynab kelgan Muzaffar Muzaffarov, Doniyor Ismoilov, Abdulazizxon Abdurashidov, Sardor Abduraimov, Asliddin Toshtemirov, Xumoyun Murtozayev, Asilbek Qayumov va Otabek Zokirovlar yangi mavsumni ham "Turon" tarkibida o‘tkazishadigan bo‘ldi.

Shuningdek, 7 yanvar kunidan mashg‘ulotlarga kirishgan jamoamiz safida bir qator yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda, ular orasida yosh legioner futbolchi ham bor.

O‘tgan mavsumni "Andijon" safida o‘tkazgan iqtidorli himoyachi Abdug‘ani Kamolov jamoamiz murabbiylar shtabida iliq taasurot qoldirgani tufayli ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Bundan tashqari avvalgi mavsumni Samarqandning "Dinamo" klubida o‘tkazgan himoyachi G‘olibbek Sariboyev va davralar oralig‘ida ijara asosida samarqandliklar safiga qo‘shilgan darvozabon Mirzohid Jalilovlar yana jamoamizga qaytishdi.

O‘z navbatida yoshlar jamoalarimiz safida o‘zlarini ko‘rsatib kelayotgan bir qator futbolchilar ham asosiy tarkibga jalb etildi. Xususan darvozabonlar Amal Shavketov, Otabek Ageev, yarim himoyachi Muhammadhayit Qo‘ldashev, himoyachilar Saidafzalxon Ahrorov va Elnurbek Turg‘unovlar ayni kunlarda asosiy tarkib jamoamiz bilan birgalikda mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Jamoamizning jonkuyar muxlislarini xursand qiladigan yana bir ma’lumot, o‘tgan mavsum o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozona olgan koreyalik legioner futbolchi Kim Boyong ham yaqin kunlarda mashg‘ulotlarga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Manba: Турон клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:32, 13.01.2022.
O'qildi: 1480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.