Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Slavche Voyneski: «Paxtakor» hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi»

Slavche Voyneski: «Paxtakor» hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" klubi bugun yangi bosh murabbiy Slavche Voyneskini keng ommaga tanishtirib, uning ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi.

"Barchaga xayrli kun. Fikrlarimni ingliz tilida yetkazishimga ruxsat berasiz. "Paxtakor"dek jamoaga kelganimdan xursandman. "Paxtakor" nafaqat sovrinlar, balki har taraflama O‘zbekistondagi eng katta klub. Murabbiy uchun bunday klubda ishlash juda katta mas’uliyat. Biz Superliga, O‘zbekiston Kubogi va Superkubokda zafar quchishga intilamiz. Deyarli 40 kundan so‘ng Superkubok bilan mavsumni boshlaymiz. Chempionlar Ligasida ham yaxshi ishtirok etishga intilamiz. Sovrinlar o‘z yo‘liga, biz O‘zbekistonda eng yaxshi va hujumkor futbolni namoyish qilishimiz kerak. Yaxshi o‘ynasak, bu bilan milliy terma jamoaga ham yordam beramiz.

"Paxtakor" va o‘zbek futboli ba’zi ma’lumotlardan xabardor edim. Shogirdim Stevisa Ristich o‘z paytida "Bunyodkor"da o‘ynaganini bilaman. So‘nggi olti oyda o‘zbek futboli haqida ko‘p ma’lumotlarni o‘rgandim. Biz hujumkor futbol ko‘rsatishga urinamiz. Yuz foiz. Biz doim hujum qilishimiz lozim. Bunga va’da beraman. Mashg‘ulotlarda futbolchilar juda yaxshi ishlashmoqda. Sakkiz nafar o‘yinchi milliy terma jamoa tarkibiga jo‘nab ketgan. Yoshlar bor kuchlari bilan mehnat qilishmoqda.

Butun dunyoda koronavirus bilan bog‘liq paytda klublar rahbariyatiga oson emas. Bunday holatga moslashish kerak. "Paxtakor"dan ba’zi yetakchilar ketishdi, lekin tarkibda yaxshi saviyadagi ijrochilar jamlangan. Yana ba’zi kuchayishlar bo‘lishi mumkin. Yaxshi ishlagan taqdirimizda mavsum oxirida ijobiy kayfiyatda bo‘lamiz.

Biz futbolchilar qidirish ishlarini davom ettiryapmiz. Mavsum boshlanguncha 1-2 nafar yaxshi o‘yinchilar paydo bo‘lishi mumkin. Lekin jamoadagi yigitlar bilan ham o‘zimiz xohlagandek o‘ynashimiz mumkin. Har bir futbolchi haqida yetarlicha taassurotga ega bo‘lishim bilan aniq bir qarorga kelaman.

Bu yerga kelganimdan beri jamoaning ishlari, uni o‘rganish bilan mashg‘ulman. Kelajak rejalar haqida bosh qotiryapmiz. Rasmiy o‘yinlar futbolchilarning haqiqiy darajasini ko‘rsatib beradi. Shunda aniq xulosalarga kelish mumkin. "Paxtakor" haqida yetarli ma’lumotga egaman, lekin bevosita ishlash jarayonida fikrlarim o‘zgarishi mumkin, qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshirarman. Ma’lum vaqtdan keyin buni ko‘rib olamiz.

Maqsadimiz - chiroyli futbol ko‘rsatish, chempion jamoani chempion sifatida saqlab qolish. "Paxtakor"ning qanday klub ekanini bilaman va bu yerga kelishda qanday bosimni bo‘ynimga olganimni bilaman.

Olti oy ilgari menejerim "Paxtakor"da murabbiy o‘zgarishi mumkinligini aytishdi. Dekabrda esa janob Piter qolishini aytishdi. Keyin esa birdan "Paxtakor"dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va ishga taklif etishdi. 4 daqiqadan so‘ng esa Turkiya klubidan qo‘ng‘iroq va taklif bo‘ldi. Lekin men "Paxtakor"ga rozilik bildirib bo‘lganim sababli keyingi taklifni rad etdim. Va’da berdimmi, buni bajaraman. Faoliyatimizda eng muhimi ishning o‘zi. Moliyaviy masalalar yoki boshqa narsalar asosiy emas. Ish va jarayon - eng muhim. "Paxtakor"ga yangilik bera olaman deb hisoblayman. Hujumkor o‘yin namoyish etamiz dedimmi, buni amalga oshiramiz.

Ikki nafar yordamchi murabbiy menga "Paxtakor"da yordam beradi. Shimoliy Makedoniya va Turkiyadan yordamchilarim bu yerda ish boshlashadi", — dedi Voyneski.

Shuningdek, "Paxtakor" sport direktori Ja’far Irismetov ham matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"O‘tgan yili asosiy tarkibda o‘ynaganlardan Anzur Ismoilov ketdi. U juda yaxshi himoyachi va buni yo‘qotish deb aytish mumkin. Uning o‘rnini to‘ldirishga urinamiz. Murabbiy bilan bir necha variantlarni ko‘rib chiqamiz. Qolgan asosiy tarkib o‘yinchilarini saqlab qoldik. O‘lmasaliyev va Mirahmadov kabi yosh futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Sobirxo‘jayevni olib qolishga harakat qilyapmiz. Shuningdek, yaqin orada yana bir futbolchining safimizga qo‘shilishi hal bo‘lishi mumkin. Bu jamoamizni ancha kuchaytirgan bo‘lardi. Rashidov ayni paytda mashg‘ulotda qatnashmoqda. Murabbiyda u ijobiy taassurot qoldirdi.

Bizga yulduzlardan ko‘ra natija ko‘rsatadigan futbolchilar zarur. Aytaylik, Cheran kabi. Shunday sifatli o‘yinchilarni topishga urinamiz. Jamoaga yaxshi kirishib ketadigan futbolchilarni topish vazifamiz.

Murabbiy bilan shartnoma bir yilga mo‘ljallangan. Mavsum davomida bu masalani ko‘rib chiqamiz. Voyneski oldiga "Paxtakor" bilan ichki musobaqalarda g‘oliblikka erishish vazifasi qo‘yilgan. Chempionlar Ligasida chiroyli futbol ko‘rsatib, guruhdan chiqishga intilamiz.

Voyneski yoshlar bilan ishlashda katta tajribaga ega. Murabbiy tanlashda aynan shuni ham hisobga oldik. Makedoniyada bu borada yaxshi faoliyat olib borgan.

Xyuistraning boshqa rejalari bo‘lgandir. U yig‘inni boshlash uchun yetib kelishi zarur paytda biz bilan aloqaga chiqmadi", — dedi Iirismetov.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:46, 13.01.2022.
O'qildi: 2311 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.