"Barselona" o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesning professional faoliyati davomida o‘tkazgan o‘yinlari soni 1000 taga yetdi.
38 yoshli futbolchi uchun Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real"ga qarshi o‘yin (2:3) yubiley o‘yin bo‘ldi.
Bu bahs braziliyalik futbolchining "ko‘k-anorranglilar" safidagi 394 o‘yin bo‘ldi.
Shuningdek, Alves "Baiya" uchun – 37, "Sevilya" uchun – 249, "Yuventus" uchun – 33, PSJ uchun – 73, "San-Paulu" uchun – 95 va Braziliya terma jamoasi uchun 119 uchrashuv o‘tkazgan.