"Mets" "Sevilya"ning sobiq yarim himoyachisi Ibroxim Amadu bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
28 yoshli fransuz bilan shartnoma 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha imzolandi. Kelishuvni yana ikki yilga uzaytirish mumkin.
Amadu shu vaqtga qadar erkin agent edi. 2020/21 yilgi mavsumda u ijara asosida "Anje"da o‘ynagan. Fransiya termasi safida 28 ta o‘yinda 2 ta gol urgan.