"Bavariya" bosh murabbiyi Yuulian Nagelsmannning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallangan Alfonso Devisning yuragida muammolar mavjud.
“Alfonso Devis koronavirus bilan kasallanganidan keyin yengil miokardit (yurak mushagining yallig‘lanishi) belgilari bor. Bu vahimali emas, lekin u keyingi bir necha haftani o‘tkazib yuboradi, chunki tuzalishi uchun vaqt kerak”, - dedi Nagelsmann.