Garchi, “Arsenal” uchun mavsum yomon boshlangan bo‘lsa-da, Mikel Artetaning jamoani yana tiklandi. Tarkibda ko‘plab yosh umidli futbolchilar va akademiya bitiruvchilari bor. Saka va Rou kabi futbolchilar haqiqiy yulduzlarga aylanishga va Obameyang va Pepe kabi tajribali o‘yinchilarni o‘z iqtidori bilan zahirada qolishga majbur qilmoqda.
Artetaning yoshlarga urg‘u bergani hammaga ham yoqmagan, ammo endi ispaniyalikning taktikasi o‘z samarasini bera boshladi va hammasi qanday kechganini eslash vaqti keldi. “Arsenal”dagi faoliyati davomida Arteta 14 ta futbolchi xarid qildi. Biz ularning barchasini eslashga va ular asosida reyting tuzib chiqishga qaror qildik.
14. Runar Aleks Runarsson
Reytingning birinchi pog‘onasiga, o‘sha paytda ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan xaridni qo‘yishga qaror qildik. Islandiyalik Runar Aleks Runarsson 2020 yilda Emiliano Martinesning o‘rniga va birinchi raqamli darvozabon Bernd Lenoga o‘rinbosar bo‘lishi kerak edi.
U klubga atigi 2 million funt sterlingga tushdi, shuning uchun bu omadsiz xaridni ko‘p ham esga olishmaydi. Bungacha u Liga—1 doirasida mavsumni 17-o‘rinda yakunlagan “Dijon” tarkibida o‘ynagan.
Afsuski, u hech qachon “Arsenal”da o‘z o‘rnini topa olmadi. Uning ingliz klubidagi faoliyati eng yomon uchrashuvi Liga kubogi chorak finalidagi “Manchester Siti”ga qarshi kechgan uchrashuv hisoblanadi. “Kanonirlar” 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va o‘tkazib yuborilgan har bir golda islandiyalik kiperning aybi bor edi.
13. Villian
Villian klubga erkin agent sifatida qo‘shilgan, lekin u londonliklar uchun omadsiz shartnoma hisoblanadi. “Chelsi”dagi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng braziliyalik “Arsenal”dan ajoyib maosh bilan uch yillik shartnoma oldi. Arteta yarimhimoyachini Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun sotib olgan edi.
Afsuski, Villianning eng yaxshi o‘yini debyut uchrashuvi bo‘lib, ushbu bahsda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo, keyin uning o‘yinida faqat ortga ketish boshlandi. Villian 14 o‘yinda birinchi daqiqalardan maydonga tushib, bittagina gol urdi, xolos. Omadsizliklardan so‘ng,u o‘z vataniga qaytib, “Arsenal” bilan shartnomasini bekor qildi.
12. Metyu Rayan
Metyu Rayan 2021 yilning yanvarida “Brayton”dan ijaraga olingandi. Ular kiperni Berndga o‘rinbosar sifatida ko‘rishgandi, chunki Runarsson...
Bolaligidan “Arsenal” muxlisi bo‘lgan Rayan uchta o‘yinda yaxshi o‘ynadi, ammo Arteta u bilan to‘liq shartnoma imzolamaslikka qaror qildi. Hozirda 29 yoshli avstraliyalik “Real Sosyedad”da ikkinchi raqam maqomida o‘ynamoqda.
11. Sedrik
Artetaning “Arsenal” bosh murabbiyi sifatida Sedrik bilan shartnoma imzolanishining o‘zi omadsiz edi. Klub uni ijaraga olish uchun “Sautgempton”ga pul to‘ladi va juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi.
Futbolchi butun shartnoma muddatini kasalxonada o‘tkazdi. Keyinchalik esa unga to‘rt yillik shartnoma taklif qilganida... bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.
Portugaliyalik futbolchi kelganidan olti oy o‘tib nihoyat debyut qildi va hatto “Norvich” darvozasiga gol ham urdi, biroq u o‘yini bilan yaxshi taassurot qoldirmadi.
10. Pablo Mari
Mari Sedrik bilan bir vaqtda ijaraga olingan va uning karyerasi o‘sishi haqida taxminlar bor edi. Sababi, u Braziliyaning “Flamengo” jamoasi bilan Libertadores kubogini yutgan edi. Shu sabab ko‘pchilik yangi yulduz paydo bo‘layotganiga amin edi.
Mari xuddi Sedrik kabi, boshida deyarli o‘ynamadi, shundan so‘ng u bilan ham to‘rt yillik shartnoma imzolandi.
Avvaliga Mari yaxshi o‘rinbosardek tuyuldi, biroq 2021/22 yilgi mavsumning dastlabki ikki o‘yinida xatoga yo‘l qo‘yganidan so‘ng, u jamoada deyarli boshqa ko‘rinmadi.
9. Dani Sebalyos
Sebalyos aslida “Arsenal”ga Artetadan oldin kelgan. Ammo ijara muddati tugaganidan so‘ng, u jamoaga qaytdi va 2020 yilda Angliya kubogini yutish yo‘lida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
Yaxshi o‘yinlar Artetani yarimhimoyachini ikkinchi yillik shartnoma imzolashga majbur qildi, ammo ikkinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Jarohatlar va yomon sport formasi 25 yoshli futbolchini qiynab qo‘ydi. U Yevropa Ligasi pley-off bosqichining har bir bosqichida xatolarga yo‘l qo‘ydi va yakunda “Vilyarreal”ga qarshi yarim finalda qizil kartochka oldi. Buning uchun uni kechirishmadi.
8 Nunu Tavaresh
7 million funtlik portugaliyalik chap qanot himoyachisi Kiran Tirniga o‘rinbosar bo‘lishi kerak edi. 21 yoshli Tavaresh iste’dodli, ammo hali tajribasiz futbolchi hisoblanadi. Tavaresh hatto bir muddat Tirnini zahirada qolishga ham majbur qildi, ammo “Enfild” va “Old Trafford”dagi yomon o‘yinlar Tirniga asosiy tarkibga qaytishiga imkon berdi.
Biroq, bu yaxshi xarid sifatida e’tirof etilmoqda. Ehtimol, vaqt o‘tishi bilan Nunu tajriba to‘plab, “kanonirlar”ning asosiy futbolchisiga aylanar?!
7. Albert Sambi Lokonga
22 yoshli Albert Sambi Lokong bilan shartnoma imzolanishi katta hayajonga sabab bo‘lmadi. Sababi aniq: yosh yarim himoyachi haqida kam narsa ma’lum.
Vensan Kompani boshchiligidagi «Anderlext»da tug‘ilgan u Londonda o‘zini jadal boshladi va hozirdanoq asosiy tarkibga da’vogarlik qilmoqda. Potensial bor va agar u o‘sadigan bo‘lsa, tez orada 18 million buning uchun kulgili narx kabi ko‘rinadi.
6. Tomas Parti
Ammo, Partidan ko‘p narsa kutilgandi. U “Arsenal”ga 45 million funt sterlingga tushdi va yetuk yulduz sifatida e’tirof etildi. Tomas debyut uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, lekin tez orada unga jarohatlar to‘sqinlik qila boshladi.
Ikkinchi mavsumda ham Partining o‘yinida o‘zgarish sezilmadi. Ammo, u 28 yoshda va unda imkoniyat bor.
5. Ben Uayt
Yana bir qimmatga xarid qilingan futbolchi. Undan ko‘p narsa kutilmoqda. Uayt “kanonirlar”ga 50 million funtga tushdi, ammo omadsiz debyutdan so‘ng u tezda muxlislarning qalbidan joy olishni uddaladi. Hozirda, Ben Gabriel bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.
4. Martin Edegor
2021 yil yanvar oyida “Arsenal”ga ijodkor futbolchi kerak edi. O‘zil jamoani tark etdi. Yechim sifatida, London klubi Edegorni “Real”dan ijaraga oldi. Norvegiyalik Ispaniyada unchalik omadli o‘ynamadi. Shu sabab, u o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga muhtoj edi.
O‘yinidagi muammolarga qaramay, Edegor “Arsenal”da yaxshi o‘ynadi va klub uni 30 million funtga to‘liq sotib oldi.
3. Takexiro Tomiyasu
Belerin ketganidan keyin “Arsenal” o‘ng qanot himoyachisiga juda muhtoj edi va transfer oynasining so‘nggi kunida Takexiro Tomiyasu transferini amalga oshirishga qaror qildi. “Bolonya” futbolchisi yulduz hisoblanmasdi, shu sabab muxlislar esa xulosa chiqarishga shoshilishmadi. Biroq, yapon futbolchisi tezda qanotdagi muammolarni yopdi va “Arsenal”ning barqaror o‘yinchilaridan biriga aylandi.
Himoyachi havoda kurashuvchan va uni deyarli klub qahramoni deb atash mumkin.
2. Gabriel Magalyayns
24 yoshli braziliyalik aynan “Arsenal” uzoq yillardan beri yetishmayotgan futbolchiga aylandi. Havoda yaxshi o‘ynaydigan, to‘p bilan yaxshi o‘ynaydigan va texnikasi kuchli futbolchini qo‘lga kiritish “kanonirlar” uchun haqiqiy omad edi. Magalyayns Londonga 2020 yilda kelgan va shundan beri jamoaning eng yaxshilaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Hozirda Artetaga 22 million funt sterlingga tushgan Magalyayns “Arsenal”ning muhim futbolchisi.
1. Aaron Ramsdeyl
Yosh darvozabon bilan shartnoma imzolanishi “Arsenal”ning haqiqiy yutug‘i bo‘ldi.
Muxlislar ham, jurnalistlar ham darvozabonni 23 million funtga sotib olgani uchun Artetaga norozilik bildirishdi. Nega “Arsenal”ga Leno tarkibda bo‘lsa ham, ikki ligaga tushib ketgan darvozabon kerak?
Bu tanqidchilar hozir qayerda? Hozirda Aaron Ramsdeyl jamoadagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. U darvozadagi muammolarni yo‘qotish bilan birga, butun himoyani boshqaradi. Agar, u shu sar’atda o‘ynasa, tez orada Angliya terma jamoasiga yo‘l oladi.
Arteta Ramsdeylning qobiliyatiga ishongan yagona odam bo‘lib qolmoqda.
Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.