Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

APL. Turning markaziy uchrashuvi yoxud musobaqa peshqadamlari bugun o‘zaro to‘qnash kelishadi

APL. Turning markaziy uchrashuvi yoxud musobaqa peshqadamlari bugun o‘zaro to‘qnash kelishadi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu markaziy o‘yindan oldin qiziqarli fakt va ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling «Etihad» stadionida o‘tgan APL bahslarida 49 gol urishga erishgan va u bugun «Siti» safida uy stadionida 50 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylanishi mumkin. Bunga qadar Serxio Aguero (106 ta gol) mazkur dovonni zabt etgan.

"Manchester Siti" va «Chelsi» Premyer-Liga doirasida ikkinchi marotaba peshqadam ikki jamoa sifatida to‘qnash kelishmoqda. Birinchi bor 2015 yilning yanvar oyida ham ular APL jadvalida bir va ikkinchi o‘rinda borishayotgandi. O‘shanda «shaharliklar» londonliklar maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynashgan.

2020 yilning iyul oyida «Liverpul»ni 4:0, bu mavsum oldinroq esa «Chelsi»ni 1:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan "Manchester Siti" amaldagi Yevropa Chempionlar Ligasi g‘oliblarini barcha musobaqalarda ketma-ket uch to‘qnashuvda mag‘lub etgan to‘rtinchi ingliz jamoasiga aylanishi mumkin. Bunga qadar "Notts Kounti" (1982), «Tottenxem» (1983/84) va «Everton» (1984/85) klublari ushbu natijaga erishishgan.

Kevin de Bryuyne sobiq klubi «Chelsi»ga qarshi oxirgi 4 APL o‘yinida 4 ta golli vaziyatlarda ishtirok etgan — 3 ta gol, 1 ta assist. Umuman olganda, belgiyalik xavbek APLda «ko‘klar» darvozasini 4 bor ishg‘ol qilgan va bu borada faqatgina «Arsenal» de Bryuynedan ko‘proq gol qo‘yib yuborgan (5).

"Manchester Siti" va «Chelsi» o‘rtasidagi bahs Kreyg Pousonga ishonib topshirilgan. Unga qanotlarda Li Betts va Richard Uest yordam berishadi. Zaxira hakami - Jonatan Moss.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kreyg Pouson

Qanot hakamlari: Li Betts, Richard Uest

Zaxira hakami: Jonatan Moss

VAR: Darren Ingland

VAR yordamchisi: Sian Messi-Ellis

 

Jamoalar APLda o‘zaro 49 marta uchrashishgan. Shulardan 27 bahsda «Chelsi»ning qo‘li baland kelgan, 15 o‘yinda «Siti» g‘alaba qozongan. 7 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan.

Jamoalarning APLdagi oxirgi uchrashuvlari

2021 yil, 25 sentyabr

«Chelsi» 0:1 "Manchester Siti"

 

2021 yil, 8 may

"Manchester Siti" 1:2 «Chelsi»

 

2021 yil, 3 yanvar

«Chelsi» 1:3 "Manchester Siti"

 

2020 yil, 25 iyun

«Chelsi» 2:1 "Manchester Siti"

 

2019 yil, 23 noyabr

"Manchester Siti" 2:1 «Chelsi»

 

Pep Gvardiola APLning oxirgi 5 uchrashuvda beshta g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Chelsi» esa 1 g‘alaba va 4 durang qayd etdi.

Ikkala jamoa a’zolari orasida joriy mavsum eng ko‘p APLda gol urgan futbolchi Meyson Maunt hisoblanadi. «Chelsi» hujumkor yarim himoyachisi hisobida 7 gol mavjud. Eng ko‘p golga hammualliflik qilgan futbolchi - Gabriyel Jezus (7 assist).

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Diash, Lyaport, Kanselu, Rodri, de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Silva, Jezus

«Chelsi»: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Silva, Hadson-Odoi, Alonso, Jorjinyo, Kovachich, Maunt, Xaverts, Lukaku.

Ayni paytda 21 uchrashuvdan keyi 53 ochko to‘plagan «shaharliklar» Premyer-Ligada peshqadamlik qilishmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «aristokratlar» hisobida 43 ochko mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:51, 15.01.2022.
O'qildi: 2424 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.